Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat o‘z saylov okrugidagi muammolarni joyida o‘rganmoqda
янв.21
Aholi bandligini ta’minlash borasidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
Paxtakor mahallasidagi yer osti yong'in suv gidrantlari holati o'rganildi
янв.21
Mahallalarda yoshlar bilan ishlash va “Dolzarb 90 kun” loyihasi ijrosi o‘rganildi
янв.21
Beshqayragʻoch mahallasida ijtimoiy xizmatlar sifati deputatlik nazorati doirasida o‘rganildi
янв.21
Nayman mahallasida deputatlik nazorati doirasida ichki yo‘llar holati o‘rganildi
янв.21
Sport infratuzilmasini rivojlantirish ishlari deputatlik nazorati doirasida o‘rganildi
янв.21
Xojiobod mahallasida obodonlashtirish va yo‘l infratuzilmasi holati deputatlik nazorati doirasida o‘rganildi
янв.21
Elektr tarmoqlarini modernizatsiya qilish ishlari deputatlik nazorati doirasida o‘rganildi
янв.21
O‘tkir mahallasida "Mahalla yettiligi" bilan navbatdagi uchrashuv o‘tkazildi
#huquqiy_axborot_soati #162_qonun Qonun va deputat faoliyati

Mazkur moddaga ko‘ra:

🔹 Deputatni daxlsizlik huquqidan mahrum qilish masalasi tegishli prokurorning taqdimnomasiga asosan xalq deputatlari Kengashi tomonidan 10 kun ichida ko‘rib chiqiladi.
🔹 Deputatni jinoiy javobgarlikka tortish, ushlab turish, qamoqqa olish yoki unga nisbatan sud tartibida beriladigan ma'muriy jazoni qo‘llash faqat Kengashning roziligi bilan amalga oshiriladi.
🔹 Kengashning qarori darhol tegishli prokurorga yuboriladi. Ish yakunlangach esa prokuror uch kun ichida Kengashni tergov va sud natijalari haqida xabardor qilishi shart.
🔹 Agar Kengash deputatni daxlsizlik huquqidan mahrum qilishga rozilik bermasa, bu holat jinoyat yoki sud tartibida ko‘riladigan ma'muriy ishni yuritishga to‘sqinlik qiluvchi huquqiy asos hisoblanadi.
🔹 Biroq, deputat o‘zi saylangan hududdan tashqarida jinoyat yoki ma'muriy huquqbuzarlik sodir etgan bo‘lsa, ayrim hollarda Kengash roziligini olish talab etilmaydi.

💬 Ushbu normalar deputatlik faoliyatining mustaqilligini ta'minlash bilan birga, qonun ustuvorligi va javobgarlik tamoyillarini ham muvozanatda saqlashga xizmat qiladi. Hech kim qonundan ustun emas, shu bilan birga deputatning vakolatlarini asossiz cheklashga ham yo‘l qo‘yilmaydi.

🤝 Xalq deputatlari mahalliy Kengashlari faoliyatida qonuniylik, ochiqlik va adolat tamoyillariga qat'iy rioya etilishi fuqarolarning vakillik hokimiyatiga bo‘lgan ishonchini yanada mustahkamlaydi.