Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Sport infratuzilmasini yaxshilash masalalari deputat tomonidan o‘rganildi
янв.21
Mahalladagi xotin-qizlar faollari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi o‘rganildi
янв.21
Chamanzor mahallasida elektr ta’minoti va yo‘l infratuzilmasi holati deputat nazoratida o‘rganildi
янв.21
Mahallalarda sport infratuzilmasini rivojlantirish masalalari deputat tomonidan o‘rganildi
янв.21
Tadbirkorlik faoliyati va bandlik masalalari o‘rganildi
янв.21
Fuqarolar murojaati joyiga chiqib o‘rganildi
янв.21
“Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
“Mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim 24 ta yo‘nalishi” doirasida o‘rganish ishlari olib borildi. Ko‘p kvartirali uy-joy majmuasi qurilishi va infratuzilma ishlari o‘rganildi
янв.21
Aholi bandligini ta’minlash borasidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
Markaz hududida yangi zamonaviy tibbiyot majmuasi qurilishi o‘rganildi
Jinoyatchilikka qarshi kurash – xavfsiz mahalla sari muhim qadam

Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashi deputati, Kengash kotibiyati mudiri, O‘zLiDeP a’zosi Murotova Lola Ne’matjon qizi tomonidan 12-Navbahor saylov okrugida jinoyatchilikka qarshi kurashish, ayniqsa "qizil" va "sariq" toifaga kiruvchi hududlarda huquqbuzarliklarning oldini olish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar joyiga chiqqan holda o‘rganildi.
✅O‘rganish davomida ma’lum bo‘lishicha, joriy yil boshidan buyon mazkur hududda jami 3 ta jinoyat qayd etilgan bo‘lib, shundan 1 tasi o‘g‘rilik, 2 tasi firibgarlik bilan bog‘liq holatlardir.
📌E’tiborlisi, ushbu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 70 foizga kamaygan, va mahalla qizil hududdan yashil hududlar qatoriga kirgan. Bu esa tumanda amalga oshirilayotgan "Jinoyatdan xoli hudud" loyihasi doirasidagi profilaktik chora-tadbirlar o‘z samarasini berayotganidan dalolat beradi.
📱Shuningdek, qayd etilgan ikki firibgarlik holati metro yaqinidagi bozorda sodir etilgan bo‘lib, mazkur jinoyatlar mahalla fuqarolari tomonidan sodir etilmaganligi va jabrlanuvchilar ham mahalla aholisi emasligi ta’kidlandi.
📱O‘rganishlar jarayonida bugungi kunda fuqarolar tomonidan eng ko‘p kelib tushayotgan murojaatlar aynan firibgarlik bilan bog‘liq ekani qayd etildi.
📱Xususan, ayrim fuqarolarning huquqiy bilimlari yetarli emasligi, kredit rasmiylashtirish va moliyaviy xizmatlardan foydalanish jarayonida turli aldovlarga uchrayotgani kuzatilmoqda.
🤩Navbahor mahallasi uchastka noziri o‘rinbosari Ahmedov Oybek tomonidan mahallada jinoyatlarning oldini olish, aholining huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish, ayniqsa firibgarlik holatlarining oldini olishga qaratilgan profilaktik tadbirlar yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar haqida batafsil ma’lumot berildi.
📱O‘rganish yakunida deputat tomonidan profilaktika ishlarini yanada kuchaytirish, aholi o‘rtasida huquqiy targ‘ibotni kengaytirish hamda fuqarolarni moliyaviy firibgarliklardan ogoh etish bo‘yicha tushuntirish ishlarini izchil davom ettirish yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar bildirildi.

Slide 1 of 4