Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim 24 ta yo‘nalishi” doirasida o‘rganish ishlari olib borildi. Ko‘p kvartirali uy-joy majmuasi qurilishi va infratuzilma ishlari o‘rganildi
янв.21
Aholi bandligini ta’minlash borasidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
Markaz hududida yangi zamonaviy tibbiyot majmuasi qurilishi o‘rganildi
янв.21
Kunduzgi parvarish markazi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Mahalla yettiligi bilan navbatdagi uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
Talabalar uchun yaratilayotgan zamonaviy infratuzilma bilan ham tanishildi
янв.21
Ta’lim sohasiga ajratilgan mablag‘larning maqsadli sarflanishi o‘rganildi
янв.21
Farhod mahallasida amalga oshirilayotgan islohotlar va mahalla tizimi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Oziq-ovqat xavfsizligi va narxlar barqarorligi – bugunning dolzarb masalasi
янв.21
Ko‘hna Cho‘ponota mahallasida fuqarolar murojaati asosida markazlashgan issiqlik tizimi quvurlariga oid masala joyiga chiqib o‘rganildi.
“Mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim 24 ta yo‘nalishi” doirasida o‘rganish ishlari olib borildi. Ko‘p kvartirali uy-joy majmuasi qurilishi va infratuzilma ishlari o‘rganildi

“Mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim 24 ta yo‘nalishi” doirasida o‘rganish ishlari olib borildi. Ko‘p kvartirali uy-joy majmuasi qurilishi va infratuzilma ishlari o‘rganildi

🇺🇿 “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamenti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 33⁹-moddasiga muvofiq, 2026-yil 24–27-iyun kunlari deputatlarning saylov okruglarida olib borayotgan o‘rganishlari doirasida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Durbek Axmedov Uchtepa tumanidagi Ko‘kcha-Oqtepa mahallasida amalga oshirilayotgan yirik qurilish loyihasi bilan tanishdi.

🇺🇿 O‘rganishda tuman Kengashi kotibiyati mudiri Anvar Usmanov hamda kotibiyat bosh mutaxassisi Zarnigor Kuziyevalar ishtirok etdi.

🏢 Tashrif davomida Toshkent shahri Uchtepa tumani, Ko‘kcha-Oqtepa mahallasi Ko‘kcha Darvoza ko‘chasi 478A-manzilda barpo etilayotgan zamonaviy ko‘p kvartirali turar joy majmuasi qurilish ishlari o‘rganildi. Loyiha doirasida 20 ta 16 qavatli ko‘p kvartirali turar joy binolari, savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish obyektlari hamda ma’muriy binolar qurilishi amalga oshirilmoqda.

↗️ Ma’lum qilinishicha, mazkur majmuada jami 1 735 ta xonadon barpo etilishi rejalashtirilgan bo‘lib, aholiga qulay sharoit yaratish maqsadida binolarning yer osti qismida 1 000 dan ortiq avtoturargoh tashkil etilmoqda. Shuningdek, hududda zamonaviy muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari va obodonlashtirish ishlari ham olib borilmoqda.

📁 O‘rganish jarayonida “Mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim 24 ta yo‘nalishi”ning qurilish, shaharsozlik va infratuzilmani rivojlantirish bilan bog‘liq bandlari doirasiga alohida e’tibor qaratildi. Jumladan, qurilish ishlarining vakolatli davlat nazorati organlari tomonidan belgilangan tartibda olib borilayotgani, loyiha-smeta hujjatlarining mavjudligi, qurilish ekspertizasi xulosalari, shaharsozlik normalari va qoidalariga rioya etilishi, texnik xavfsizlik talablari, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarining loyihaga muvofiq joylashtirilishi, atrof-muhitga ta’sirini baholash masalalari hamda ekologik talablarga rioya etilishi yuzasidan ma’lumotlar o‘rganildi. Xususan, obyektda qurilish nazorati, loyiha hujjatlarining davlat ekspertizasidan o‘tganligi, qurilish-montaj ishlarining amaldagi shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga muvofiqligi, ekologik xavfsizlik choralari hamda aholi manfaatlarini ta’minlashga qaratilgan tadbirlar holati deputatlik nazorati tartibida ko‘rib chiqildi.

🗂 Shuningdek, o‘rganish davomida O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 7-noyabrdagi O‘RQ–581-sonli “Ko‘p kvartirali uylarni boshqarish to‘g‘risida”gi Qonunining mazmun-mohiyatiga alohida e’tibor qaratildi. Mazkur Qonun ko‘p kvartirali uylarni boshqarish, umumiy mol-mulkni saqlash, uy-joy fondidan samarali foydalanish hamda aholiga sifatli kommunal xizmatlar ko‘rsatish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishga xizmat qilishi ta’kidlandi.

🗣 Muloqot davomida qurilish ishlarining sifati, kelgusida uylarni boshqarish tizimini samarali yo‘lga qo‘yish, aholiga qulay va xavfsiz yashash muhitini yaratish masalalari muhokama qilindi. O‘rganish yakunida loyiha hududning uy-joy infratuzilmasini rivojlantirish, yangi yashash maskanlarini barpo etish va fuqarolarning turmush sifatini oshirishga xizmat qilishi qayd etildi. Shu bilan birga, aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli tavsiyalar berilib, qurilish jarayonlarining qonunchilik talablariga muvofiq amalga oshirilishi yuzasidan deputatlik nazorati davom ettirilishi belgilandi.

Slide 1 of 8