Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputatlar sayyor qabulda fuqarolar muammolariga amaliy yechim topishda faol ishtirok etdi
янв.21
Sport infratuzilmasini yaxshilash masalalari deputat tomonidan o‘rganildi
янв.21
Mahalladagi xotin-qizlar faollari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi o‘rganildi
янв.21
Chamanzor mahallasida elektr ta’minoti va yo‘l infratuzilmasi holati deputat nazoratida o‘rganildi
янв.21
Mahallalarda sport infratuzilmasini rivojlantirish masalalari deputat tomonidan o‘rganildi
янв.21
Tadbirkorlik faoliyati va bandlik masalalari o‘rganildi
янв.21
Fuqarolar murojaati joyiga chiqib o‘rganildi
янв.21
“Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
“Mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim 24 ta yo‘nalishi” doirasida o‘rganish ishlari olib borildi. Ko‘p kvartirali uy-joy majmuasi qurilishi va infratuzilma ishlari o‘rganildi
янв.21
Aholi bandligini ta’minlash borasidagi ishlar o‘rganildi
Navoiy shahrida ijtimoiy himoya yo‘nalishida keng qamrovli ishlar amalga oshirilmoqda

Navoiy shahrida ijtimoiy himoya yo‘nalishida keng qamrovli ishlar amalga oshirilmoqda

Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi kotibiyat mudiri Jo‘rabek Hafizov Navoiy shahridagi Binokor mahallasida bo‘lib, ijtimoiy xodim Qo‘chqorova Nafisaning ish faoliyati bilan yaqindan tanishdi.2026 yilning birinchi choragi davomida mahallada ijtimoiy himoya tizimi doirasida keng qamrovli ishlar amalga oshirildi. Jumladan, kam ta’minlangan oilalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar hamda ularning oila a’zolarining ijtimoiy holati va yashash sharoiti muntazam o‘rganib borildi.

Yilning dastlabki uch oyi davomida quyidagi natijalar qayd etildi:7 nafar fuqaroga reabilitatsiya qilishning texnik vositalari berildi;5 nafar o‘zgalar parvarishiga muhtoj shaxslar tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, bepul dori-darmon va oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlandi, shuningdek madaniy tadbirlarga jalb qilinib, uylarida sanitariya-tozalash ishlari amalga oshirildi;5 nafar fuqaro Ijtimoiy himoya milliy agentligi tizimidagi reabilitatsiya markazlarida sog‘lomlashtirildi;11 nafar fuqarodan bolalar nafaqasi hamda moddiy yordam uchun arizalar qabul qilinib, ulardan 9 nafariga bolalar nafaqasi tayinlandi;21 nafar fuqaro “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilib, ularning yashash sharoiti o‘rganildi.

Shuningdek, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash doirasida muhim ishlar amalga oshirildi:
31 nafar fuqaroga Ramazon oyi munosabati bilan bir martalik moddiy yordam ko‘rsatildi;
19 nafar vasiylikka olingan bolalarning yashash sharoiti monitoring qilindi;
2 nafar fuqaroga vasiylik, 1 nafar bolaga esa homiylik belgilandi;
3 nafar fuqaro reyestrga kiritilib, ularga qarab turuvchi shaxslar biriktirildi;
2 nafar fuqaroga yakka-yolg‘iz kompensatsiyasi tayinlandi;
4 nafar nogironligi bo‘lgan shaxs ishga joylashtirildi;
3 nafar nogironligi bo‘lgan shaxsga huquqiy, 2 nafar fuqaroga esa psixologik xizmat ko‘rsatildi;
3 nafar fuqaroga nogironlik belgilandi;
2 nafar nogironligi bo‘lgan bola adaptiv sport to‘garaklariga jalb etildi;
7 nafar fuqaroga oziq-ovqat uchun vaucherlar shakllantirildi.

Bundan tashqari, ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamini qo‘llab-quvvatlash doirasida qator amaliy ishlar davom etmoqda. Xususan, nogironligi bo‘lgan shaxslar va bolalarning ta’limga jalb qilinishi, reabilitatsiya texnik vositalari va protez-ortopediya mahsulotlariga ehtiyojlari, shuningdek ularni parasportga yo‘naltirish masalalari doimiy nazoratga olingan.

Ijtimoiy himoya sohasidagi bunday tizimli ishlar aholi farovonligini oshirish va ehtiyojmand qatlamni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga xizmat qilmoqda.

Slide 1 of 3