Xalq deputatlari Vobkent tumani Kengashi kotibiyati mudiri M.Naimova, tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi B.Navroʻzov hamda 22-Ehson saylov okrugidan deputat A.Mardonov bilan birgalikda tumandagi “Teraklik” MFYda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 18-sentyabrdagi “Islom taraqqiyot banki va OPEK xalqaro taraqqiyot jamgʻarmasi ishtirokida “Qishloq joylarni barqaror rivojlantirish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5246-son qarori ijrosi yuzasidan oʻrganish olib bordi.
🏛Oʻrganish davomida mazkur qaror asosida mahallada amalga oshirilayotgan infratuzilma loyihalarining borishi va sifati joyiga chiqqan holda koʻzdan kechirildi. Xususan, loyiha doirasida:
🔹 6,1 km asosiy va ichki yoʻllarni taʼmirlash;
🔹 17,6 km ichimlik suvi tarmoqlarini yaxshilash;
🔹 elektr taʼminotini yaxshilash maqsadida 4 ta transformator oʻrnatish hamda 7,4 km elektr uzatish tarmogʻini tortish;
🔹 1,0 km tungi koʻcha yoritish tizimini barpo etish va taʼmirlash;
🔹 “Gʻaribshoh” oilaviy shifokorlik punkti binosini rekonstruksiya qilish, qoʻshimcha 25 qatnovli bino qurish;
🔹 2,0 km piyodalar yoʻlagini qurish va taʼmirlash ishlari rejalashtirilgani hamda ularning ijro holati atroflicha oʻrganildi.
👥Shuningdek, deputatlar tomonidan 30-son maktabgacha taʼlim tashkilotida olib borilayotgan qurilish ishlari ham koʻzdan kechirilib, qurilish jarayonlarining sifati, belgilangan muddatlarga rioya etilishi hamda obyektning loyiha hujjatlariga muvofiq amalga oshirilishi yuzasidan nazorat oʻrnatildi.
🔍Oʻrganish yakunida masʼul tashkilotlarga aniqlangan kamchiliklarni oʻz vaqtida bartaraf etish, qurilish-montaj ishlarini sifatli va belgilangan muddatlarda yakunlash yuzasidan tegishli tavsiya va koʻrsatmalar berildi. Xalq deputatlari Vobkent tumani Kengashi tomonidan mazkur loyihalar ijrosi deputatlik nazorati asosida muntazam kuzatib boriladi.