Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat so‘roviga Uchtepa tumani hokimining o'rinbosari tomonidan batafsil ma'lumot taqdim etildi
янв.21
Deputatlar sayyor qabulda fuqarolar muammolariga amaliy yechim topishda faol ishtirok etdi
янв.21
Sport infratuzilmasini yaxshilash masalalari deputat tomonidan o‘rganildi
янв.21
Mahalladagi xotin-qizlar faollari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi o‘rganildi
янв.21
Chamanzor mahallasida elektr ta’minoti va yo‘l infratuzilmasi holati deputat nazoratida o‘rganildi
янв.21
Mahallalarda sport infratuzilmasini rivojlantirish masalalari deputat tomonidan o‘rganildi
янв.21
Tadbirkorlik faoliyati va bandlik masalalari o‘rganildi
янв.21
Fuqarolar murojaati joyiga chiqib o‘rganildi
янв.21
“Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
“Mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim 24 ta yo‘nalishi” doirasida o‘rganish ishlari olib borildi. Ko‘p kvartirali uy-joy majmuasi qurilishi va infratuzilma ishlari o‘rganildi
TUMAN KENGASHI KOTIBIYATI VA PARTIYALAR HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA.

Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashi kotibiyati hamda O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi Toshkent viloyati Kengashi hamkorligida uchrashuv tashkil etildi.️Unda Tuman Kengashi kotibiyati mudiri Mavluda Berdiqulova, O‘zbekiston “Adolat” SDP Toshkent viloyati Kengashi v.v.b. Shoxista Madiyarova hamda partiyaning Parkent tuman Kengashi raisi Sadoqat Sharipova ishtirok etdi.️Uchrashuv davomida hududlarda amalga oshirilayotgan islohotlarda deputatlik korpusi va Kengash kotibiyatining o‘rni, aholi bilan ishlash samaradorligini oshirish, fuqarolar murojaatlarini tizimli ravishda hal etish borasida olib borilayotgan ishlar muhokama qilindi.️Shuningdek, joylardagi dolzarb muammolarni o‘z vaqtida aniqlash va ularga samarali yechim topishda siyosiy partiyalar hamda Kengash kotibiyati o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash muhim ahamiyat kasb etayotganligi ta’kidlandi.Kelgusida o‘zaro hamkorlikni yanada kengaytirish, deputatlik faoliyati samaradorligini oshirish va aholi manfaatlarini ta’minlashga qaratilgan vazifalar yuzasidan fikr almashildi. 

Slide 1 of 3