Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Tadbirkorlik faoliyati va bandlik masalalari o‘rganildi
янв.21
Fuqarolar murojaati joyiga chiqib o‘rganildi
янв.21
“Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
“Mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim 24 ta yo‘nalishi” doirasida o‘rganish ishlari olib borildi. Ko‘p kvartirali uy-joy majmuasi qurilishi va infratuzilma ishlari o‘rganildi
янв.21
Aholi bandligini ta’minlash borasidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
Markaz hududida yangi zamonaviy tibbiyot majmuasi qurilishi o‘rganildi
янв.21
Kunduzgi parvarish markazi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Mahalla yettiligi bilan navbatdagi uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
Talabalar uchun yaratilayotgan zamonaviy infratuzilma bilan ham tanishildi
янв.21
Ta’lim sohasiga ajratilgan mablag‘larning maqsadli sarflanishi o‘rganildi
#29_sessiya
#29_sessiya

Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashining 29-sessiyasi bo‘lib o‘tdi

Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashining yigirma to‘qqizinchi sessiyasida shaharni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, yoshlar siyosatini samarali amalga oshirish, investitsiya loyihalarini jadallashtirish, mahalliy budjet mablag‘laridan oqilona foydalanish hamda doimiy komissiyalar faoliyatiga oid muhim masalalar ko‘rib chiqildi.

Sessiya davomida Kogon shahrida yoshlarning yozgi ta’til davrini mazmunli, samarali va xavfsiz tashkil etishga qaratilgan “Dolzarb 90 kun” chora-tadbirlar dasturi, investitsiya loyihalarining amalga oshirilish holati, erkin iqtisodiy, kichik sanoat va yoshlar sanoat zonalaridagi ishlar, mahalliy budjetning qo‘shimcha manbalari hisobidan amalga oshiriladigan tadbirlar hamda “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamg‘armasi mablag‘laridan foydalanish masalalari yuzasidan mas’ul rahbarlarning hisobotlari eshitildi.

Shuningdek, Kogon shahar hokimligida qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosining holati to‘g‘risidagi axborot, Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiya tomonidan amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risidagi hamda Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiya faoliyati yuzasidan axborotlar tinglandi.

Muhokamalar jarayonida deputatlar tomonidan qator amaliy takliflar ilgari surildi va keng muhokama qilindi.

Sessiya ijtimoiy tarmoqlar orqali, jumladan Telegram, Instagram, Facebook va YouTube platformalarida to‘g‘ridan-to‘g‘ri jonli efirda keng jamoatchilikka yoritib borildi.

Sessiyada kun tartibiga kiritilgan masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi hamda mas’ullarga aniq vazifalar belgilab berildi.

Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashining 29-sessiyasi hududni kompleks rivojlantirish, qonunchilik ijrosini ta’minlash va aholi farovonligini oshirishga qaratilgan muhim qarorlar bilan yakunlandi.

Telegram
Instagram
Facebook
Youtube
E-kengash
Slide 1 of 3