Deputatlar bilan muhim qonunlar mazmunini yetkazish masalalari muhokama qilindi.
Xalq deputatlari Qiziltepa tumani Kengashi kotibiyati mudiri U.Bobojonov, tuman Kengashi deputati M. Karimova hamda F. G'oziyeva bilan deputatlarga eng muhim qonunlarning mazmun-mohiyatini yetkazish, ularni keng targ‘ib qilish va amaliyotga tatbiq etish masalalari yuzasidan suhbatlashildi.
Suhbat davomida qonunchilikdagi yangiliklarni deputatlar faoliyatiga samarali joriy etish, saylovchilar o‘rtasida huquqiy targ‘ibot ishlarini kuchaytirish hamda aholini qiziqtirayotgan masalalar bo‘yicha tushuntirishlar olib borish yuzasidan fikr almashildi.