Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Sport infratuzilmasini yaxshilash masalalari deputat tomonidan o‘rganildi
янв.21
Mahalladagi xotin-qizlar faollari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi o‘rganildi
янв.21
Chamanzor mahallasida elektr ta’minoti va yo‘l infratuzilmasi holati deputat nazoratida o‘rganildi
янв.21
Mahallalarda sport infratuzilmasini rivojlantirish masalalari deputat tomonidan o‘rganildi
янв.21
Tadbirkorlik faoliyati va bandlik masalalari o‘rganildi
янв.21
Fuqarolar murojaati joyiga chiqib o‘rganildi
янв.21
“Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
“Mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim 24 ta yo‘nalishi” doirasida o‘rganish ishlari olib borildi. Ko‘p kvartirali uy-joy majmuasi qurilishi va infratuzilma ishlari o‘rganildi
янв.21
Aholi bandligini ta’minlash borasidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
Markaz hududida yangi zamonaviy tibbiyot majmuasi qurilishi o‘rganildi
Qonunchilik targ‘iboti

Qonunchilik targ‘iboti

O‘zbekiston Respublikasining “Nobank kredit tashkilotlari va mikromoliyalashtirish faoliyati to‘g‘risida”gi Qonuni 2021-yil 28-dekabrda Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilinib, 2022-yil 17-martda Senat tomonidan ma’qullangan hamda 2022-yil 20-aprelda O‘RQ–765-son bilan imzolangan. Mazkur qonun nobank kredit tashkilotlari faoliyatini tartibga solish, mikromoliyalashtirish xizmatlari sifatini oshirish hamda moliyaviy xizmatlar iste’molchilarining huquqlarini himoya qilishga qaratilgan.

Qonunga ko‘ra:

💠 Mikromoliya tashkilotlari, lombardlar va ipotekani qayta moliyalashtirish tashkilotlarining huquqiy maqomi belgilandi;
💠 Nobank kredit tashkilotlarini tashkil etish va faoliyat yuritish tartibi aniqlandi;
💠 Moliyaviy xizmatlar iste’molchilarining huquq va manfaatlarini himoya qilish mexanizmlari mustahkamlandi;
💠 Mikromoliyalashtirish sohasida zamonaviy va qulay xizmatlarni rivojlantirish uchun huquqiy asos yaratildi.

Mazkur qonun aholining moliyaviy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va mamlakat moliya bozorining barqaror rivojlanishiga xizmat qiladi