Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputatlar sayyor qabulda fuqarolar muammolariga amaliy yechim topishda faol ishtirok etdi
янв.21
Sport infratuzilmasini yaxshilash masalalari deputat tomonidan o‘rganildi
янв.21
Mahalladagi xotin-qizlar faollari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi o‘rganildi
янв.21
Chamanzor mahallasida elektr ta’minoti va yo‘l infratuzilmasi holati deputat nazoratida o‘rganildi
янв.21
Mahallalarda sport infratuzilmasini rivojlantirish masalalari deputat tomonidan o‘rganildi
янв.21
Tadbirkorlik faoliyati va bandlik masalalari o‘rganildi
янв.21
Fuqarolar murojaati joyiga chiqib o‘rganildi
янв.21
“Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
“Mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim 24 ta yo‘nalishi” doirasida o‘rganish ishlari olib borildi. Ko‘p kvartirali uy-joy majmuasi qurilishi va infratuzilma ishlari o‘rganildi
янв.21
Aholi bandligini ta’minlash borasidagi ishlar o‘rganildi
O‘rganish natijalari muhokamasi o'tkazildi

 O‘rganish natijalari muhokamasi o'tkazildi

Xalq deputatlari viloyat Kengashida Xalq deputatlari Bulung'ur tuman Kengashi kotibiyati faoliyati yuzasidan o‘tkazilgan o‘rganish natijalari muhokamasiga bag‘ishlangan tanqidiy-tahliliy yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda tuman Kengashi faoliyati, kotibiyat ish yuritishi, doimiy komissiyalar faoliyati, “E-Kengash” elektron tizimidan foydalanish holati hamda deputatlik nazoratini amalga oshirish jarayonlari atroflicha tahlil qilindi.

O‘rganishlar davomida Kengash faoliyatida qator ijobiy jihatlar bilan birga, zudlik bilan bartaraf etilishi lozim bo‘lgan kamchiliklar ham aniqlandi.

Xususan, Kengash qarorlarini tayyorlash va rasmiylashtirish jarayonlarida qonunchilik talablari buzilgan holatlar aniqlandi. Ayrim qarorlarda imloviy va texnik xatolar mavjudligi, qarorlarni qabul qilishda asoslovchi hujjatlar, doimiy komissiya xulosalari hamda tegishli murojaatlar to‘liq shakllantirilmagani tanqid qilindi.

Yig‘ilishda ayniqsa moliyaviy masalalarga oid qarorlarni qabul qilishda hujjatlar bilan ishlash sifati yetarli darajada emasligi ta’kidlandi.

Doimiy komissiyalar faoliyati bo‘yicha ham kamchiliklar mavjudligi ko‘rsatib o‘tildi. Komissiyalarning tasdiqlangan ish rejalaridagi ayrim masalalar o‘z vaqtida ko‘rib chiqilmagan, rejalashtirilgan ayrim hisobot va axborotlar eshitilmagan. Shuningdek, doimiy komissiyalar yig‘ilishlarini tashkil etishda hujjatlashtirish masalalariga yetarlicha e’tibor qaratilmagani bildirildi.

“E-Kengash” tizimidan foydalanish holati ham tanqidiy tahlil qilindi. Xususan, 2026-yilda tizimga jami 27 ta yangilik joylashtirilgani qayd etildi.

Deputatlik so‘rovlari ijrosi bo‘yicha jami 142 ta so‘rov yuborilgan bo‘lib:
✅ 91 tasi belgilangan muddatda bajarilgan;
⚠️ 18 tasi kechikib javob berilgan;
❗️ 33 tasi bo‘yicha belgilangan muddat buzilgan va javob xatlari tizimga biriktirilmagan.

Shuningdek, deputatlar faoliyatiga oid papkalarni yuritish, amalga oshirilgan ishlarni tizimli aks ettirish va ish rejalarini shakllantirish bo‘yicha ham kamchiliklar mavjudligi qayd etildi.

Yig‘ilish davomida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, Kengash faoliyatini qonunchilik talablariga muvofiq tashkil etish, hujjatlar bilan ishlash sifatini oshirish, deputatlik nazoratini kuchaytirish bo‘yicha mas’ullarga tegishli tavsiya va topshiriqlar berildi.

Slide 1 of 4