Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Sport infratuzilmasini yaxshilash masalalari deputat tomonidan o‘rganildi
янв.21
Mahalladagi xotin-qizlar faollari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi o‘rganildi
янв.21
Chamanzor mahallasida elektr ta’minoti va yo‘l infratuzilmasi holati deputat nazoratida o‘rganildi
янв.21
Mahallalarda sport infratuzilmasini rivojlantirish masalalari deputat tomonidan o‘rganildi
янв.21
Tadbirkorlik faoliyati va bandlik masalalari o‘rganildi
янв.21
Fuqarolar murojaati joyiga chiqib o‘rganildi
янв.21
“Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
“Mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim 24 ta yo‘nalishi” doirasida o‘rganish ishlari olib borildi. Ko‘p kvartirali uy-joy majmuasi qurilishi va infratuzilma ishlari o‘rganildi
янв.21
Aholi bandligini ta’minlash borasidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
Markaz hududida yangi zamonaviy tibbiyot majmuasi qurilishi o‘rganildi
Xalq deputatlari viloyat Kengashining navbatdagi yigirma to'qqizinchi sessiyasi 23-aprel kuni Kengashlar uyi binosida o‘tkazildi.

Xalq deputatlari viloyat Kengashining navbatdagi yigirma to'qqizinchi sessiyasi 23-aprel kuni Kengashlar uyi binosida o‘tkazildi.

Sessiya ishini Kengashi raisi Sh.Negmatov olib bordi. Sessiya ishida bir qator masalalar ko'rib chiqildi va tegishli qarorlar qabul qilindi.

Sessiya kun tartibida quyidagi masalalar koʻrib chiqildi:

• O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 18-martdagi “Respublikadagi kriminogen vaziyatni kundalik tahlil qilish faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-111-son qarori ijrosi yuzasidan viloyat Prokurori M.Eshnazarovning 2026-yilning I chorak yakuni bo‘yicha amalga oshirilgan ishlari to‘g‘risidagi axboroti haqida;

• O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 18-martdagi “Respublikadagi kriminogen vaziyatni kundalik tahlil qilish faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-111-son qarori ijrosi yuzasidan viloyat Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i T.Aripovning 2026-yilning I chorak yakuni bo‘yicha amalga oshirilgan ishlari to‘g‘risidagi hisoboti haqida;

• O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-apreldagi PF-71-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida Samarqand viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasida korrupsiyaga qarshi kurashish borasida amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida;

• Viloyatda sog‘liqni saqlashni rivojlantirishga oid davlat dasturlarining bajarilishi, kasalliklar profilaktikasining holati, sog‘lom turmush tarzini va to‘g‘ri ovqatlanishni shakllantirish, shuningdek sog‘liqni saqlashning asosiy ko‘rsatkichlari to‘g‘risida viloyat Sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i S.Zayniyevning hisoboti haqida;

• Samarqand viloyatida 2026-yilda davlat ko‘chmas mulkidan foydalanganlik uchun ijara to‘lovining eng kam stavkalarini tasdiqlash to‘g‘risida;

• Samarqand shahridagi jamoat transporti tizimida yo‘lkira haqini to‘lashda elektron to‘lov tizimidan foydalanishni rag‘batlantiruvchi tariflarni joriy etish to‘g‘risida;

• O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalari hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida;

• Viloyat mahalliy byudjetining qo‘shimcha manbalaridan foydalanish to‘g‘risida;

• Viloyat mahalliy byudjetining 2026-yil 1-yanvar holatiga shakllangan erkin qoldiq mablag‘laridan foydalanish to‘g‘risida;

• Jamoat ehtiyojlari uchun yer uchastkalarini olib qo‘yilishiga ruxsat berish to‘g‘risida;

• Kattaqo‘rg‘on shahridagi birlashtirish va ixchamlashtirishga tushgan mahallalarning chegaralarini belgilash to‘g‘risida;

• Bulung‘ur tumanidagi birlashtirish va ixchamlashtirishga tushgan mahallalarning chegaralarini belgilash to‘g‘risida;

• Samarqand shahri Nurli yo‘l mahallasida “Tartibga solish qumdoni” maxsus huquqiy rejimi doirasida kompleks qurilish loyihalarini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida;

• Viloyatda 2026-yilda ipoteka kreditlari bo‘yicha subsidiyalar to‘lashning maqsadli ko‘rsatkichlari doirasida ijobiy xabarnoma berilgan fuqarolarning ro‘yxatini ko‘rib chiqish to‘g‘risida;

• Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashi deputatlari tomonidan 2026-yil I chorakda yuborilgan deputatlik so‘rovlarining samaradorligi va natijadorligi to‘g‘risida.

va boshqa masalalar.

Slide 1 of 9