Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Sport infratuzilmasini yaxshilash masalalari deputat tomonidan o‘rganildi
янв.21
Mahalladagi xotin-qizlar faollari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi o‘rganildi
янв.21
Chamanzor mahallasida elektr ta’minoti va yo‘l infratuzilmasi holati deputat nazoratida o‘rganildi
янв.21
Mahallalarda sport infratuzilmasini rivojlantirish masalalari deputat tomonidan o‘rganildi
янв.21
Tadbirkorlik faoliyati va bandlik masalalari o‘rganildi
янв.21
Fuqarolar murojaati joyiga chiqib o‘rganildi
янв.21
“Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
“Mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim 24 ta yo‘nalishi” doirasida o‘rganish ishlari olib borildi. Ko‘p kvartirali uy-joy majmuasi qurilishi va infratuzilma ishlari o‘rganildi
янв.21
Aholi bandligini ta’minlash borasidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
Markaz hududida yangi zamonaviy tibbiyot majmuasi qurilishi o‘rganildi
Urgut tumanidagi “Vatkan-Qo'zibek” mahallasidagi ishlar-deputat tomonidan o'rganildi.

Urgut tumanidagi “Vatkan-Qo'zibek” mahallasidagi ishlar-deputat tomonidan o'rganildi.

✍️Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashi deputati Boboyeva Hilola Urgut tumani “Vatkan-Qo'zibek” mahallasida oilaviy poliklinika binosida davlat dasturi asosida keng ko‘lamli mukammal ta’mirlash ishlari faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

✍️Mazkur bunyodkorlik ishlari “Fayz Zamin Montaj” XK tomonidan amalga oshirilayotgan bo‘lib, loyihaning umumiy qiymati 3 milliard so‘mni tashkil etadi.

✍️Hozirgi kunda binoning ichki va tashqi qismi to‘liq yangilanib, zamonaviy talablarga mos ravishda ta’mirlanmoqda. Shuningdek, bemorlar va tibbiyot xodimlari uchun barcha qulayliklar yaratish, xonalarni zamonaviy jihozlash hamda infratuzilmani yaxshilash ishlari ham olib borilmoqda.

✍️Ushbu ta’mirlash ishlari yakunlangach, hudud аҳolisiga yanada sifatli, qulay va zamonaviy tibbiy xizmat ko‘rsatish imkoniyati yaratiladi. Ayniqsa, fuqarolarning salomatligini mustahkamlash, tibbiy ko‘rik va davolanish jarayonlarini samarali tashkil etishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Slide 1 of 6