Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat o‘z saylov okrugidagi muammolarni joyida o‘rganmoqda
янв.21
Aholi bandligini ta’minlash borasidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
Paxtakor mahallasidagi yer osti yong'in suv gidrantlari holati o'rganildi
янв.21
Mahallalarda yoshlar bilan ishlash va “Dolzarb 90 kun” loyihasi ijrosi o‘rganildi
янв.21
Beshqayragʻoch mahallasida ijtimoiy xizmatlar sifati deputatlik nazorati doirasida o‘rganildi
янв.21
Nayman mahallasida deputatlik nazorati doirasida ichki yo‘llar holati o‘rganildi
янв.21
Sport infratuzilmasini rivojlantirish ishlari deputatlik nazorati doirasida o‘rganildi
янв.21
Xojiobod mahallasida obodonlashtirish va yo‘l infratuzilmasi holati deputatlik nazorati doirasida o‘rganildi
янв.21
Elektr tarmoqlarini modernizatsiya qilish ishlari deputatlik nazorati doirasida o‘rganildi
янв.21
O‘tkir mahallasida "Mahalla yettiligi" bilan navbatdagi uchrashuv o‘tkazildi
Raqamli ekotizim va inson kapitali: Yoshlar uchun yangi davr imkoniyatlari

Davlatimiz rahbari oʻz nutqlarida Oʻzbekiston aholisining yarmidan koʻpini yoshlar tashkil etishini alohida taʼkidlab, demografik oʻsishni kuchli intellektual resursga aylantirish gʻoyasini ilgari surdilar. Forumda taklif etilgan "Inson kapitalini rivojlantirish qoʻshma onlayn-platformasi" chekka hududlardagi yoshlarimiz uchun ham eng zamonaviy bilimlarni olish, til oʻrganish va axborot texnologiyalarini oʻzlashtirish imkonini beradi. Shuningdek, "Qoʻshma raqamli ekotizim" va raqamli savdo platformalari orqali yurtimizda yetishtirilayotgan mahsulotlarni yirik tashqi bozorlarga toʻgʻridan-toʻgʻri olib chiqish imkoniyati kengayadi. Bu saʼy-harakatlarning barchasi pirovard natijada yangi sifatli ish oʻrinlari yaratish, aholi daromadlarini oshirish va har bir inson qadrini ulugʻlashga qaratilgan amaliy qadamlardir.

Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashi deputati Z.Mullajonov