Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Fuqarolar murojaatlari joyiga chiqib o‘rganilmoqda
янв.21
Uchtepa tumanida zamonaviy Birlik mahallasi binosi foydalanishga topshirildi
янв.21
“Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasidagi futbol to‘garagi faoliyati e’tibor markazida
янв.21
Uchtepa tumanida navbatdagi deputatlik so'rovi chiqarildi
янв.21
Fuqarolar murojaatlari yuzasidan mahallada o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Deputat fuqarolar fikrini o‘rgandi
янв.21
Doimiy komissiyada Uchtepa tumani Elektr tarmoqlari korxonasining faolyati to'g'risidagi masala muhokama qilindi
янв.21
Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashining III chaqiriq o'ttizinchi sessiyasiga bag‘ishlangan doimiy komissiya yig‘ilishi - dolzarb masalalar muhokama markazida
янв.21
Bayram ko‘chasidagi asfalt qoplamasi masalasi deputatlar e’tiborida
янв.21
Uchtepa tumanida navbatdagi deputatlik so'rovi chiqarildi
Viloyat hamda tuman deputati Qiziltepa tumanida joylashgan madaniyat va istirohat bog‘ini ko‘zdan kechirdi.

Viloyat hamda tuman deputati Qiziltepa tumanida joylashgan madaniyat va istirohat bog‘ini ko‘zdan kechirdi.
Xalq deputatlari Navoiy viloyati Kengashining 16–Oboddiyor saylov okrugidan saylangan viloyat deputat G.O'roqova, Xalq deputatlari Qiziltepa tumani Kengashi deputati Sh.Usmonova hamda O'zbekiston "Adolat" SDP tuman kengashi raisi M.Eshmurodova Qiziltepa tuman markazida joylashgan Madaniyat va istirohat bog‘ini ko‘zdan kechirdi.

Tashrif davomida bog‘ hududida olib borilayotgan tozalik ishlari, muzey holati hamda ko‘kalamzorlashtirish ishlari bilan yaqindan tanishildi.

Shuningdek, mazkur bog‘ tuman Obodonlashtirish boshqarmasi tasarrufida bo‘lib, hududda tozalik va tartibni saqlash ishlari xodimlar tomonidan muntazam ravishda olib borilmoqda.

Ma’lumot o‘rnida, Madaniyat va istirohat bog‘ining umumiy maydoni 7,7 gektarni tashkil etadi. Bog‘ hududida yirik favvora mavjud bo‘lib, istirohat bog‘i 2024-yilda mukammal ta’mirdan chiqarilgan.

Slide 1 of 7