Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashining III chaqiriq o'ttizinchi sessiyasiga bag‘ishlangan doimiy komissiya yig‘ilishi - dolzarb masalalar muhokama markazida
🇺🇿 Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashining Ijtimoiy sohalar, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig'ilishi bo'lib o'tdi. Unda:
✍️ Uchtepa tumanida “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida amalga oshiriladigan ishlar to‘g‘risida, tuman hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari majmuasi bosh mutaxassisi R.Otaqulovning;
✍️ Uchtepa tumanida 2026-yil birinchi choragida maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tomonidan amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida, Uchtepa tumani maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i N.Xanturayevalarning hisobtlari eshitilib, muhokama qilinib, atroflicha ko‘rib chiqildi.
💬 Doimiy komissiya raisi Saodat Dusmuxamedova hamda doimiy komissiya a’zolari — Sh.Mustafayeva, I.Abdullayev, Z.Xaydarova hamda Sh.Tursunovalar hisobotlarni tinglab, o‘z saylov okruglarida uchrayotgan muammolar va tumandagi boshqa dolzarb masalalar yuzasidan savollar bilan murojaat qildilar. Savol-javoblar jarayonida mavjud kamchiliklar, ularni bartaraf etish yo‘llari hamda kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan taklif va tavsiyalar bildirildi.
💼 Mazkur doimiy komissiya yig'ilishida tuman Kengashi kotibiyati mudiri A.Usmanov, bosh mutaxassislar U.Abilov va Z.Kuziyevalar ham ishtirok etdilar.
📝 Muhokamalar yakunida doimiy komissiya deputatlari tomonidan mazkur masalalarni sessiya kun tartibiga kiritish yuzasidan qarorlar qabul qilindi.
✅ Mazkur masalalar tumanda ta'lim sifatini oshirish, yoshlarda sog'lom turmush tarzini shakllantirish, ularning iqtidorini namoyish etish, bilimlarini mustahkamlash, kitob o'qishni qo'llab-quvvatlash hamda yoshlarni kasbga o'rgatish va tadbirkorlikka yo'naltirish kabi yo'nalishlarda qo'llab-quvvatlash kabi yo'nalishlarni o'z ichiga olib, tizimli ishlarni amalga oshirishga xizmat qiladi.