Ekskursiya davomida yoshlar bog‘ hududidagi noyob daraxt va o‘simlik turlari, ularning biologik xususiyatlari hamda tabiatni asrashning ahamiyati bilan yaqindan tanishdilar.
Mutaxassislar tomonidan o‘simliklar dunyosini muhofaza qilish, bioxilma-xillikni saqlash, ekologik muvozanatni ta’minlash hamda tabiatga mas’uliyatli munosabatda bo‘lish borasida qiziqarli ma’lumotlar berildi.
Mazkur ekskursiya yoshlarning ekologik bilimlarini boyitish, tabiatga mehr va e’tiborini kuchaytirish hamda ekologik madaniyatini yuksaltirishga xizmat qildi.
Tadbir “Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi Qonun, “O‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida”gi O‘RQ-409-son Qonun, shuningdek “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi O‘RQ-406-son Qonunda belgilangan vazifalar mazmuniga hamohangdir.
✅ Maqsad — yosh avlodda ekologik madaniyatni shakllantirish, tabiatga mehr uyg‘otish va atrof-muhitni asrashga mas’uliyatli munosabatni mustahkamlashdir.
Bizni kuzatishda davom eting!