Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputatlar sayyor qabulda fuqarolar muammolariga amaliy yechim topishda faol ishtirok etdi
янв.21
Sport infratuzilmasini yaxshilash masalalari deputat tomonidan o‘rganildi
янв.21
Mahalladagi xotin-qizlar faollari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi o‘rganildi
янв.21
Chamanzor mahallasida elektr ta’minoti va yo‘l infratuzilmasi holati deputat nazoratida o‘rganildi
янв.21
Mahallalarda sport infratuzilmasini rivojlantirish masalalari deputat tomonidan o‘rganildi
янв.21
Tadbirkorlik faoliyati va bandlik masalalari o‘rganildi
янв.21
Fuqarolar murojaati joyiga chiqib o‘rganildi
янв.21
“Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
“Mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim 24 ta yo‘nalishi” doirasida o‘rganish ishlari olib borildi. Ko‘p kvartirali uy-joy majmuasi qurilishi va infratuzilma ishlari o‘rganildi
янв.21
Aholi bandligini ta’minlash borasidagi ishlar o‘rganildi
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashida “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturi ijrosi muhokama qilindi

Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining “Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha” doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda kotibiyat mudiri A.Ermatov, doimiy komissiya a’zolari, ekspert maslahat guruhi hamda yoshlar maslahat guruhi vakillari ishtirok etdi. Majlisga doimiy komissiya raisi A.Mahkamov raislik qildi.

Mazkur yig‘ilish kun tartibidagi aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, kambag‘allikni qisqartirish hamda yoshlarning ta’lim va kasb-hunarga yo‘naltirilishini ta’minlashga qaratilgan boʻlib O‘zLiDeP Marg‘ilon shahar Kengashi deputatlik guruhi oʻrganishlariga asosan tashkil etildi.

Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 25-noyabrdagi PQ–405-sonli “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturini amalga oshirishga faol nuroniylarni jalb etish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi qarori hamda Vazirlar Mahkamasining faol nuroniylarni ijtimoiy reestrga kiritilgan oilalarga biriktirish va mahallalarda sog‘lom turmush tarzi hamda ijtimoiy-ma’naviy muhitni shakllantirishga jalb etish tartibiga oid qarori ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.

Kun tartibidagi masala bo‘yicha “Nuroniy” jamg‘armasi Marg‘ilon shahar bo‘limi boshlig‘i S.Toshpo‘latov hisobot berdi.

Hisobotda ijtimoiy reestrga kiritilgan oilalar bilan ishlash, kambag‘al oilalar farzandlarini ularning qiziqishlari va layoqatidan kelib chiqib hunarmand va ustalarga shogirdlikka biriktirish, ularni qo‘shimcha ta’lim va to‘garaklarga jalb etish, shuningdek, o‘quv qurollari, jihozlari hamda sport kiyimlari bilan ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida batafsil ma’lumot berildi.
Shuningdek, ijtimoiy reestrga kiritilgan oilalar farzandlari uchun o‘quv jihozlari va sport anjomlarini xarid qilish bilan bog‘liq xarajatlarni qoplab berish mexanizmlarining amaliy ijrosi, bu borada erishilgan natijalar hamda mavjud muammolar yuzasidan fikr almashildi.
Muhokamalar davomida komissiya a’zolari tomonidan yoshlarni kasb-hunarga yo‘naltirish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ta’lim va sportga bo‘lgan qiziqishini qo‘llab-quvvatlash orqali oilalarning farovonligini oshirishga qaratilgan ishlarni yanada kuchaytirish yuzasidan taklif va tavsiyalar bildirildi.

Yig‘ilish yakunida kun tartibidagi masala yuzasidan tegishli qaror loyihasi ko‘rib chiqilib, mas’ul tashkilotlarga belgilangan vazifalar ijrosini samarali tashkil etish bo‘yicha tavsiyalar berildi.
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi tomonidan aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, yoshlarning ta’lim olishi va kasb egallashi uchun zarur sharoitlar yaratish hamda “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturi ijrosini ta’minlash borasidagi ishlar izchil davom ettiriladi.