Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Tadbirkorlik faoliyati va bandlik masalalari o‘rganildi
янв.21
Fuqarolar murojaati joyiga chiqib o‘rganildi
янв.21
“Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
“Mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim 24 ta yo‘nalishi” doirasida o‘rganish ishlari olib borildi. Ko‘p kvartirali uy-joy majmuasi qurilishi va infratuzilma ishlari o‘rganildi
янв.21
Aholi bandligini ta’minlash borasidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
Markaz hududida yangi zamonaviy tibbiyot majmuasi qurilishi o‘rganildi
янв.21
Kunduzgi parvarish markazi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Mahalla yettiligi bilan navbatdagi uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
Talabalar uchun yaratilayotgan zamonaviy infratuzilma bilan ham tanishildi
янв.21
Ta’lim sohasiga ajratilgan mablag‘larning maqsadli sarflanishi o‘rganildi
Xotin-qizlar faoli tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi o'rganildi

Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashiga O‘zMTDP partiyasidan 5-Paxtaobod saylov okrugidan saylangan deputat S. Axmedova Kengash ish rejasiga muvofiq tuman hokimligi huzuridagi Xotin-qizlar bo‘limida xotin-qizlar faoliyati samaradorligini yanada oshirish yuzasidan o‘rganish olib bordi.

O‘rganish jarayonida bo‘lim boshlig‘i V. Mansurova bilan suhbat o‘tkazilib, “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarga ko‘rsatilayotgan amaliy yordamlar, ularning bandligini ta’minlash, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash hamda oilaviy ajrimlarning oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.

Shuningdek, mavjud muammolarni bartaraf etish, xotin-qizlarning jamiyatdagi faolligini oshirish hamda oilalarda sog‘lom ma’naviy muhitni mustahkamlash yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi.

Slide 1 of 3