Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Uchtepa tumanida navbatdagi deputatlik so'rovi chiqarildi
янв.21
Fuqarolar murojaatlari yuzasidan mahallada o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Deputat fuqarolar fikrini o‘rgandi
янв.21
Doimiy komissiyada Uchtepa tumani Elektr tarmoqlari korxonasining faolyati to'g'risidagi masala muhokama qilindi
янв.21
Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashining III chaqiriq o'ttizinchi sessiyasiga bag‘ishlangan doimiy komissiya yig‘ilishi - dolzarb masalalar muhokama markazida
янв.21
Bayram ko‘chasidagi asfalt qoplamasi masalasi deputatlar e’tiborida
янв.21
Uchtepa tumanida navbatdagi deputatlik so'rovi chiqarildi
янв.21
Haftalik rejaga muvofiq Kengash raisi Farhod mahallasida o‘rganish o‘tkazdi
янв.21
Deputat nazoratidagi masala ijobiy hal etildi
янв.21
Uchtepa tumanida navbatdagi deputatlik so'rovi chiqarildi
#24_ta_masala 📌 Qoraqo‘yli mahallasida kambag‘allikni qisqartirish va bandlikni ta’minlash ishlari deputatlik nazoratida

Xalq deputatlari Ishtixon tuman Kengashi deputati U.Nurmuxamedov o‘z saylov okrugidagi Qoraqo‘yli mahallasida Xalq deputatlari Ishtixon tuman Kengashi kotibiyati mudiri N.Kiyamov bilan birgalikda mahallada hokim yordamchisi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini, xususan, aholini kambag‘allikdan chiqarish va bandligini ta’minlash borasidagi ishlar holatini o‘rgandi.

O‘rganish davomida Qoraqo‘yli mahallasida hokim yordamchisi R.Samandarov tomonidan 2026-yilning o‘tgan davri davomida amalga oshirilgan ishlar tahlil qilindi.

Jumladan:

🔹 38 nafar ishsiz fuqaroning o‘zini o‘zi band qilishi orqali bandligi ta’minlangan;

🔹 5 nafar fuqaroga oilaviy tadbirkorlik dasturlari doirasida imtiyozli kreditlar ajratilib, daromad manbai yaratilgan;

🔹 15 nafar fuqaro doimiy ish o‘rinlariga joylashtirilgan;

🔹 5 nafar fuqaroning kasb-hunarga o‘qitilishi tashkil etilgan.

Shuningdek, mahallada yil boshida 83 nafar ishsiz fuqaro mavjud bo‘lib, ishsizlik darajasi 3,7 foizni, kambag‘allik darajasi esa 2,8 foizni tashkil etayotgani hamda yil yakuniga qadar mahallani kambag‘allikdan xoli hududga aylantirish bo‘yicha aniq rejalar ishlab chiqilgani qayd etildi.

Mahallada infratuzilmani yaxshilash borasida ham qator amaliy ishlar olib borilmoqda. Xususan, mahalliy budjet mablag‘lari hisobidan elektr ta’minoti tizimini yaxshilash maqsadida tayanch ustunlardagi ochiq kabellarni yopiq kabellarga almashtirish ishlari amalga oshirilmoqda. Bundan tashqari, “Ochiq budjet” loyihasi doirasida 2,5 kilometr ichki yo‘llar asfaltlashtirildi.

O‘rganish yakunida aholi bandligini oshirish, kambag‘allikni qisqartirish, tadbirkorlikni rivojlantirish hamda mahalla infratuzilmasini yanada yaxshilash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar ijobiy baholanib, belgilangan vazifalar ijrosini jadallashtirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Mahallalarda aholi farovonligini oshirish va kambag‘allikni qisqartirishga qaratilgan ishlar deputatlik nazorati asosida muntazam o‘rganib borilmoqda.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:

Telegramm (https://t.me/Ishtixon_tuman_Kengashi) | Web-sayt (https://kengash.gov.uz/ishtixon) | Facebook (https://www.facebook.com/share/1Aq9YsjUr2/) | Instagram (https://www.instagram.com/ishtixontumanikengashi?utm_source=qr&igsh=ZDZ4YjJvd3k3aGp2)

Slide 1 of 3