Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat tomonidan fuqaro murojaati joyiga chiqib o‘rganildi
янв.21
Deputat o‘z saylov okrugidagi muammolarni joyida o‘rganmoqda
янв.21
Aholi bandligini ta’minlash borasidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
Paxtakor mahallasidagi yer osti yong'in suv gidrantlari holati o'rganildi
янв.21
Mahallalarda yoshlar bilan ishlash va “Dolzarb 90 kun” loyihasi ijrosi o‘rganildi
янв.21
Beshqayragʻoch mahallasida ijtimoiy xizmatlar sifati deputatlik nazorati doirasida o‘rganildi
янв.21
Nayman mahallasida deputatlik nazorati doirasida ichki yo‘llar holati o‘rganildi
янв.21
Sport infratuzilmasini rivojlantirish ishlari deputatlik nazorati doirasida o‘rganildi
янв.21
Xojiobod mahallasida obodonlashtirish va yo‘l infratuzilmasi holati deputatlik nazorati doirasida o‘rganildi
янв.21
Elektr tarmoqlarini modernizatsiya qilish ishlari deputatlik nazorati doirasida o‘rganildi
#tavsiyalar_asosida
#tavsiyalar_asosida

Mustaqillik MFYda Mirzo Ulug‘bek tumani tajribasi asosida barpo etilayotgan, sutkaning 24 soati davomida faoliyat yuritishi rejalashtirilgan ko‘chada olib borilayotgan ishlar joyiga chiqqan holda ko‘zdan kechirildi. Jarayonda Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashi deputati F. Aminov, Kogon shahar Kengashi raisi A. Yangiyev, kotibiyat mudiri Sh. Isamutdinov hamda mutaxassislar I. Ikromov va Z. Temirovalar ishtirok etdilar.

Hududda amalga oshirilayotgan qurilish va obodonlashtirish ishlari, tadbirkorlik subyektlari uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, piyodalar uchun qulay infratuzilma hamda ko‘chaning zamonaviy qiyofasini shakllantirishga qaratilgan loyihalar atroflicha muhokama qilindi. O‘rganish davomida ishlarning borishi yuzasidan taklif va tavsiyalar bildirilib, belgilangan rejalarni sifatli hamda o‘z vaqtida yakunlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Mazkur loyiha hududning iqtisodiy va ijtimoiy faolligini oshirishga xizmat qilishi ta’kidlandi.

Xalq deputatlari
Kogon shahar Kengashi
axborot xizmati

Telegram
Instagram
Facebook
Youtube
E-kengash
Slide 1 of 5