Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputatlar sayyor qabulda fuqarolar muammolariga amaliy yechim topishda faol ishtirok etdi
янв.21
Sport infratuzilmasini yaxshilash masalalari deputat tomonidan o‘rganildi
янв.21
Mahalladagi xotin-qizlar faollari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi o‘rganildi
янв.21
Chamanzor mahallasida elektr ta’minoti va yo‘l infratuzilmasi holati deputat nazoratida o‘rganildi
янв.21
Mahallalarda sport infratuzilmasini rivojlantirish masalalari deputat tomonidan o‘rganildi
янв.21
Tadbirkorlik faoliyati va bandlik masalalari o‘rganildi
янв.21
Fuqarolar murojaati joyiga chiqib o‘rganildi
янв.21
“Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
“Mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim 24 ta yo‘nalishi” doirasida o‘rganish ishlari olib borildi. Ko‘p kvartirali uy-joy majmuasi qurilishi va infratuzilma ishlari o‘rganildi
янв.21
Aholi bandligini ta’minlash borasidagi ishlar o‘rganildi
Yakkasaroy tumanida yoshlar o‘rtasida futbol musobaqasi tashkil etildi

#deputatlar_nazorati #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

❗️Yakkasaroy tumanida yoshlar o‘rtasida futbol musobaqasi tashkil etildi

🏛 Yakkasaroy tumanidagi “Muqimiy” mahallasi hududida joylashgan 144-sonli umumta’lim maktabi sport maydonida yoshlar o‘rtasida futbol bo‘yicha o‘rtoqlik musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Tadbir yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda sportga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish maqsadida tashkil etildi.

👥 Musobaqada mahalla va maktab yoshlaridan iborat jamoalar faol ishtirok etib, o‘zaro do‘stlik, hamjihatlik va sport madaniyatini namoyon etdilar. Bahslar davomida yosh futbolchilar o‘z mahoratlarini ko‘rsatib, tomoshabinlarga qiziqarli va murosasiz o‘yinlarni taqdim etdilar.

🏆 Taqdirlash marosimida Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Vasila Alimova, “Muqimiy” MFY raisi Hasan Muxidov hamda 144-sonli maktab direktori Zulfiya Shamsiyeva ishtirok etdi. Musobaqa yakunida “Eng yaxshi darvozabon”, “Eng yaxshi himoyachi”, “Eng yaxshi yarim himoyachi” va “Eng yaxshi hujumchi” nominatsiyalari g‘oliblariga esdalik sovg‘alari topshirildi.

🗣 Tadbir davomida so‘zga chiqqan deputat Vasila Alimova yoshlarni sport bilan muntazam shug‘ullanishga chaqirib, jismoniy tarbiya va sport yoshlarning sog‘lom, bilimli va vatanparvar bo‘lib voyaga yetishida muhim omil ekanini ta’kidladi. Shuningdek, mahallalarda sport infratuzilmasini rivojlantirish, yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda ularni sportga keng jalb etish Mahalliy Kengash deputati faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri ekanini qayd etdi.

🤝 Musobaqa yoshlar o‘rtasida do‘stlik va ahillik muhitini mustahkamlash, sog‘lom raqobatni rivojlantirish hamda sport orqali ularning ijtimoiy faolligini oshirishga xizmat qildi.

🔎 Tadbir yakunida bu kabi musobaqalarni muntazam ravishda o‘tkazish, iqtidorli yosh sportchilarni qo‘llab-quvvatlash va ular uchun yanada keng imkoniyatlar yaratish bo‘yicha kelgusidagi rejalar muhokama qilindi.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 4