Onlayn shaklda tashkil etilgan yig‘ilishda hududiy studiyalar orqali viloyat, tuman va shahar Kengashlari vakillari ishtirok etdi.
💬 Yig‘ilish davomida mahalliy Kengashlarning joriy yilning o‘tgan 5 oyi davomida amalga oshirgan ishlari tahlil qilinib, erishilgan natijalar va mavjud kamchiliklar muhokama etildi.
💬 Faoliyatida sustkashlikka yo‘l qo‘ygan hududlar alohida ko‘rsatib o‘tildi, mas’ul rahbarlarning hisobotlari tinglandi hamda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.
🫥Yig‘ilishda mahalliy Kengashlar faoliyati samaradorligini yanada oshirish, deputatlik nazoratini kuchaytirish hamda aholi muammolarini hal etish borasidagi ishlarni yangi bosqichga olib chiqish yuzasidan ustuvor vazifalar belgilab olindi.