#_Qaror ijrosi_bo‘yicha o‘rganish va tahlil ishlari
✅ O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026 yil 25 fevraldagi “Vazirlar Mahkamasining “Yoshlar muammolarini o‘rganish va hal etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2022 yil 7 iyundagi 312–son qaroriga “Yoshlar daftari” jamg‘armasidan ijtimoiy yordamlar ko‘rsatishni takomillashtirishga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish xaqida”gi 78-sonli qarorining 13-bandida “Yoshlarning intellektual salohiyatini yuksaltirish ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish va huquqiy savodxonligini oshirish shuningdek, besh muhim tashabbus doirasidagi tadbirlarni moliyalashtirish” bo'yicha Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashining 2026-yil 1-iyundagi VII-23-45-8-211-K/26-sonli qarori ijrosi yuzasidan monitoring va o‘rganish ishlari amalga oshirildi.
✅O‘rganishlar davomida Bandixon tumani Kengashi kotibiyati mudiri A. Pardayev tomonidan mazkur yo‘nalishda olib borilayotgan ishlar tahlil qilinib, belgilangan vazifalarning bajarilish holati ko‘rib chiqildi.
✅Xususan, Yoshlar ishlari Bandixon tumani bo‘limi boshlig‘i O. Eshpo‘latov rahbarligida yoshlarning intellektual salohiyatini rivojlantirish, ularni kitobxonlik, sport va madaniy-ma’rifiy tadbirlarga keng jalb etish, bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil qilish hamda huquqiy savodxonligini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
✅Shuningdek, Besh muhim tashabbus doirasida tashkil etilayotgan tadbirlarning sifati, qamrovi va ajratilgan mablag‘larning maqsadli sarflanishi yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar berildi.
✅Yoshlar manfaatlarini ta’minlash, ularning bilim va salohiyatini yuksaltirish hamda jamiyat hayotidagi faolligini oshirish borasidagi ishlar izchil davom ettiriladi.