Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashining “Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha” doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
👥 Yig‘ilishga doimiy komissiya raisi, deputat Artikov Davron Omarbayevich raislik qildi.
📍 Yig‘ilish davomida Taxiatosh tumani hokimining ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi B.Perdebayevaning geografik obyektlarga nom berish va ularning nomlaridan foydalanish holati yuzasidan hisoboti tinglandi.
💬 Muhokamalar jarayonida deputatlar tomonidan mavzu yuzasidan fikr-mulohazalar bildirilib, amaldagi qonunchilik talablariga rioya etish hamda bu boradagi ishlarni yanada takomillashtirish bo‘yicha takliflar ilgari surildi.
📌 Ko‘rib chiqilgan masala yuzasidan tegishli tavsiyalar berilib, doimiy komissiyaning tegishli qarori qabul qilindi.