Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Mahallani rivojlantirish va aholi farovonligi – e’tibor markazida
янв.21
Deputat hisoboti va fuqarolar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
Mahallalarda infratuzilma yaxshilanmoqda
янв.21
“Tashabbusli byudjet” loyihalari ijrosi va loyiha hujjatlari o‘rganildi
янв.21
“Faol hayotga qadam” dasturi doirasida yangi ijtimoiy xizmatlar bo‘yicha seminar tashkil etildi
янв.21
Elektr tarmoqlari sohasida korrupsiyaning oldini olish va ochiqlikni ta’minlash masalalari o‘rganildi
янв.21
Elektr ta’minoti tizimi faoliyati va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
Uchtepa tumanida navbatdagi deputatlik so'rovi chiqarildi
янв.21
Fuqarolar murojaati joyiga chiqqan holda o‘rganildi
янв.21
Deputat so‘roviga Uchtepa tumani hokimining o'rinbosari tomonidan batafsil axborot taqdim etildi
Aholi uchun qulay infratuzilma yaratish yo‘lidagi amaliy o‘rganish

Aholi uchun qulay infratuzilma yaratish yo‘lidagi amaliy o‘rganish

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi kotibiyati mudiri A.Avliyakulov hamda 14-Surxon saylov okrugi deputati J.Taxchiyeva Termiz MFY hududida o‘rganish ishlarini olib bordi. O‘rganish davomida mahalla hududidagi ichki yo‘llarning holati, shuningdek, savdo shoxobchalari faoliyati ko‘zdan kechirildi.

Termiz tumani Obodonlashtirish boshqarmasi vakili ishtirokida hududdagi ichki ko‘chalar toshlash ishlari yakunlanib, asfalt qoplamasi yotqizish uchun tayyor holatga keltirilgani ta’kidlandi. Shuningdek, hudud infratuzilmasini yanada yaxshilash, aholi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish yuzasidan tegishli masalalar muhokama qilinib, mas’ullarga zarur tavsiya va topshiriqlar berildi.

Slide 1 of 4