Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Navbatdagi qabul “Shaftolizor” mahallasi fuqarolari uchun tashkil etildi
янв.21
Deputat — fuqarolar manfaatlari yo‘lida
янв.21
Uchtepa tumanida navbatdagi deputatlik so'rovi chiqarildi
янв.21
Fuqarolar murojaatlari yuzasidan ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
Fuqarolar murojaatlari e’tiborda - amaliy yordam va ochiq muloqot
янв.21
Bo‘zsuv aeratsiya stansiyasi faoliyati va ekologik nazorat bo‘yicha o‘rganishlar
янв.21
Kommunal infratuzilmani yaxshilash yo‘lidagi ishlar davom etmoqda
янв.21
Uch avlod uchrashuvi — tajriba, e’tibor va ma’naviy muloqot maydoni
янв.21
Aholi salomatligi va sifatli tibbiy xizmat — deputatlik nazoratida
янв.21
“Katta qani” MFYda navbatdagi fuqarolar qabuli o‘tkazildi
Xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
#doimiykomissiya #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

❗️Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining Xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

📇 Yig‘ilish davomida xalqaro moliya institutlari hamda xorijiy hukumat moliya tashkilotlari ishtirokidagi investitsiya loyihalari yuzasidan taqdimot va hisobotlar deputatlar tomonidan atroflicha muhokama qilindi.
🟢 Xususan, Toshkent davlat tibbiyot universitetining 5000 o‘rinli zamonaviy o‘quv binosini qurish hamda uni ilg‘or tashxislash va davolash uskunalari bilan jihozlash loyihasi konsepsiyasi ko‘rib chiqildi.
🟢 Ta’kidlanganidek, loyiha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 22-apreldagi PQ-149-son qarori asosida amalga oshirilishi rejalashtirilgan bo‘lib, tibbiyot sohasida kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish, zamonaviy ta’lim infratuzilmasini yaratish hamda ilmiy-tadqiqot salohiyatini oshirishga xizmat qiladi.
🟢 Mazkur loyiha doirasida Toshkent shahri Olmazor tumani Farobiy ko‘chasida 5 000 o‘rinli zamonaviy o‘quv binosi, axborot-resurs markazi, vivariy, eksperimental laboratoriyalar, IT markaz, simulyatsion o‘quv xonalari hamda innovatsion ta’lim maydonlarini tashkil etish nazarda tutilgan.
🟢 Shuningdek, loyiha doirasida ta’lim jarayonlarini to‘liq raqamlashtirish, xalqaro standartlarga mos laboratoriyalarni yaratish, zamonaviy tibbiy simulyatsion uskunalarni joriy etish hamda universitetning ilmiy va amaliy salohiyatini yanada oshirish rejalashtirilgani qayd etildi.
🟢 Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, loyihaning umumiy qiymati 49 million AQSH dollarini tashkil etib, shundan 41,2 million AQSH dollari xalqaro moliya institutlari kredit mablag‘lari, 7,8 million AQSH dollari esa O‘zbekiston Respublikasi ulushi hisobidan moliyalashtirilishi belgilandi.

🗣 Yig‘ilish yakunida deputatlar tomonidan bildirilgan taklif va tavsiyalar asosida masala yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash
Slide 1 of 6