Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Fuqarolar murojaatlari yuzasidan ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
Fuqarolar murojaatlari e’tiborda - amaliy yordam va ochiq muloqot
янв.21
Bo‘zsuv aeratsiya stansiyasi faoliyati va ekologik nazorat bo‘yicha o‘rganishlar
янв.21
Kommunal infratuzilmani yaxshilash yo‘lidagi ishlar davom etmoqda
янв.21
Uch avlod uchrashuvi — tajriba, e’tibor va ma’naviy muloqot maydoni
янв.21
Aholi salomatligi va sifatli tibbiy xizmat — deputatlik nazoratida
янв.21
“Katta qani” MFYda navbatdagi fuqarolar qabuli o‘tkazildi
янв.21
Doimiy komissiyada 2026-yil 5-yanvardagi PQ-1-sonli qarorning Uchtepa tumanidagi ijrosi muhokama qilindi
янв.21
Bepul beriladigan dorilar bilan ta’minlash holati o‘rganildi
янв.21
Jinoyatchilik profilaktikasi va huquqiy targ‘ibot ishlari samaradorligini oshirish masalalari ko‘rib chiqildi
“Mening bog‘im” loyihasi doirasida tashkil etilayotgan yashil jamoat parki qurilishining ijrosi yuzasidan aniqlangan kamchiliklar bo‘yicha deputatlar tomonidan o‘rganish o‘tkazildi

 “Mening bog‘im” loyihasi doirasida tashkil etilayotgan yashil jamoat parki qurilishining ijrosi yuzasidan aniqlangan kamchiliklar bo‘yicha deputatlar tomonidan o‘rganish o‘tkazildi 

Oltiariq tumanida "Mening bog'im" loyihalari doirasida Yashil jamoat parkini tashkil qilish bo'yicha Xalq deputatlari tuman Kengashining qarori qabul qilingan edi. Qaror ijrosi yuzasidan deputatlar tumanning “Yangiarab” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida 132-sonli konturdagi 0,11 gektar yer maydonida o'rganish
o'tkazishdi.
Ma'lum bo'lishicha hududga manzarali gul va daraxtlar ekilgan bo'lsada, ammo loyihaga
ko'ra amalga oshirilishi nazarda tutilgan ishlar oxiriga yetkazilmagan.
Aniqlangan kamchiliklar bartaraf etish yuzasidan pudratchi O'rmon va yashil hududlarni ko'paytirish, cho'llanishga qarshi kurashish agentligi mas'ullari bilan holat yuzasidan muhokama o'tkazildi. Mas'ullarning bergan ma'lumotlariga ko'ra 2025-yilda boshlangan ishlar uch yil mobaynida yakuniga yetkazish belgilanganligi, obyektni topshirish muddatidan kechikmasligi to'g'risida ma'lumot olindi. Aniqlangan kamchiliklar yuzasidan masʼullardan rasmiy javob olish uchun deputatlik so‘rovi yuboriladi.  

Slide 1 of 5