Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Dolzarb vazifalar yuzasidan Kengash deputatlari uchun zoom orqali navbatdagi yig‘ilish o‘tkazildi
янв.21
Kengash raisi va tuman hokimi fuqarolar muammolarini birgalikda o‘rganmoqda
янв.21
Mahalladagi soliq ma’murchiligi holati deputat nazoratida
янв.21
Mahallaning ichki yo‘llari holati deputat nazoratida
янв.21
Uchtepa tumanida navbatdagi deputatlik so'rovi chiqarildi
янв.21
Uchtepa tumanida investitsiya loyihalarining amalga oshirilishi o‘rganilmoqda
янв.21
Mahalliy Kengash deputatlari va mahalla institutlari hamkorligi - tizimli yondashuv va istiqbolli rejalar
янв.21
“Biz yer himoyachilarimiz” ekologik tadbiri
янв.21
Uchtepa tumanida navbatdagi deputatlik so'rovi chiqarildi
янв.21
Uchtepa tumanida investitsiya loyihalari o‘rganilmoqda
#Deputat_nazorati

#Deputat va mahalla yettiligi  hamkorligi

O'zbekiston XDP Angren shahar Kengashi raisi F. Abdurahimova hamda Xalq deputatlari Angren shahar Kengashi deputati XDP aʼzosi R.Abrarov tomonidan “ISTIQLOL'” mahallasida amalga oshirilayotgan ishlar va aholi murojaatlari ijrosi o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-dekabrdagi Farmoni asosida tashkil etilgan “Mahalla yettiligi” tizimining samaradorligiga alohida e’tibor qaratildi.

O‘rganish yakunida  deputat tomonidan mahalla yettiligi faoliyati samaradorligi tahlil qilindi. Deputat mavjud imkoniyatlardan yanada unumli foydalanish, aholi bandligini ta’minlash va ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha quyidagi tavsiyalarni berdi:

Muammolarni xonadonbay aniqlash: Har bir xodim o‘z yo‘nalishi bo‘yicha aholi bilan yaqin muloqotda bo‘lishi;

Hamkorlikni kuchaytirish: Yettilikning har bir a’zosi yagona maqsad — aholi farovonligi yo‘lida birlashish. 

Xalq deputatlari Angren shahar Kengashi kotibiyati

Slide 1 of 4