Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Dolzarb vazifalar yuzasidan Kengash deputatlari uchun zoom orqali navbatdagi yig‘ilish o‘tkazildi
янв.21
Kengash raisi va tuman hokimi fuqarolar muammolarini birgalikda o‘rganmoqda
янв.21
Mahalladagi soliq ma’murchiligi holati deputat nazoratida
янв.21
Mahallaning ichki yo‘llari holati deputat nazoratida
янв.21
Uchtepa tumanida navbatdagi deputatlik so'rovi chiqarildi
янв.21
Uchtepa tumanida investitsiya loyihalarining amalga oshirilishi o‘rganilmoqda
янв.21
Mahalliy Kengash deputatlari va mahalla institutlari hamkorligi - tizimli yondashuv va istiqbolli rejalar
янв.21
“Biz yer himoyachilarimiz” ekologik tadbiri
янв.21
Uchtepa tumanida navbatdagi deputatlik so'rovi chiqarildi
янв.21
Uchtepa tumanida investitsiya loyihalari o‘rganilmoqda
Mahalladagi soliq ma’murchiligi holati deputat nazoratida

Mahalladagi soliq ma’murchiligi holati deputat nazoratida

 🇺🇿 Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashiga O'zbekiston Liberal demokratik partiyasidan saylangan “3-Istirohat” okrugi deputati Xalmatov Bobur Baxodirovich tashabbusi bilan mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim 24 ta yo‘nalishidan biri — mahalladagi soliq inspektori tomonidan yuklatilgan vazifalarning bajarilish holatini o‘rganish maqsadida “Shirin” mahallasi hududida o‘rganish ishlari olib borildi.

 📊 O‘rganish jarayonida mahalladagi ijtimoiy-iqtisodiy ko‘rsatkichlar tahlil qilindi. Jumladan, mahallada jami 8 303 nafar aholi istiqomat qiladi. Shundan 4 218 nafari ayollar, 1 004 nafari yoshlar hisoblanadi.

 ↗️ Mazkur hududga biriktirilgan soliq inspektori — Narziyev Ilhom Xudoyshukurovich tomonidan olib borilayotgan ishlar ham o‘rganildi. Hozirgi kunda mahallada 2 822 nafar soliq to‘lovchi mavjud bo‘lib, shundan 1 400 nafarida soliq qarzdorligi aniqlangan. Umumiy qarzdorlik miqdori 600 mln. so‘mni tashkil etgan bo‘lsa, joriy yil 1-may holatiga ushbu qarzdorlik 217 mln. so‘mga qisqartirilgan.

 📈 Shuningdek, mahallada 210 ta tadbirkorlik subyekti ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lib, amalda faoliyat yuritayotganlari 60 tani tashkil etadi. Bu esa mavjud salohiyatdan to‘liq foydalanilmayotganini ko‘rsatadi.

 🔵 Yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish, soliq tushumlarini oshirish hamda qarzdorlikni kamaytirish borasida soliq inspektori tomonidan hududiy profilaktika inspektori va Majburiy ijro byurosi xodimlari bilan hamkorlikda tizimli ishlar yo‘lga qo‘yilgan.

 🔼 O‘rganish yakunida mas’ullarga soliq ma’murchiligini yanada kuchaytirish, qarzdorlikni qisqartirish, faoliyat yuritmayotgan tadbirkorlarni faollashtirish hamda yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab berildi.

 📁 Mazkur masala deputat nazoratiga olinib, amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan monitoring olib borilishi ta’kidlandi.

Slide 1 of 4