Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Mahallalarda kommunal infratuzilma va tungi yoritish tizimlarini yaxshilash masalalari deputatlik nazoratiga olindi
янв.21
“Deputat va yoshlar” uchrashuvi yoshlar uchun motivatsion muloqot maydoniga aylandi
янв.21
Jamoat transporti faoliyati yuzasidan 18-avtobus saroyida o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Mahallalarda infratuzilmani rivojlantirish va mablag‘larning maqsadli sarflanishi o‘rganildi
янв.21
Uchtepa tumanida davlat tili masalalari muhokama qilindi
янв.21
Uchtepa tumanida navbatdagi deputatlik so'rovi chiqarildi
янв.21
Dolzarb vazifalar yuzasidan Kengash deputatlari uchun zoom orqali navbatdagi yig‘ilish o‘tkazildi
янв.21
Kengash raisi va tuman hokimi fuqarolar muammolarini birgalikda o‘rganmoqda
янв.21
Mahalladagi soliq ma’murchiligi holati deputat nazoratida
янв.21
Mahallaning ichki yo‘llari holati deputat nazoratida
Deputat so‘rovi: Tibbiy muassasa sharoiti o‘rganildi

          Xalq deputatlari Jalaquduq tuman Kengashi deputati tomonidan Qashqar MFY hududida joylashgan “Taraqqiyot” oilaviy shifokorlik
punkti (OShP) faoliyati o‘rganildi. Ma’lum bo‘lishicha, mazkur tibbiyot muassasasi 1970-yilda qurilgan bo‘lib, 70 o‘ringa mo‘ljallangan. Hozirgi kunda 31 nafar tibbiyot xodimi 3 ta mahallada yashovchi 6810 nafar aholiga xizmat ko‘rsatmoqda.
Shu bilan birga, binoda 2005-yilda rekonstruksiya ishlari amalga oshirilganiga qaramasdan, bugungi kunda uning texnik holati talab darajasida emas. Ayniqsa, tom qismi eskirgani sababli yomg‘irli kunlarda chakki o‘tishi kuzatilib, bu esa tibbiy xizmat sifatiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda hamda xodimlar va bemorlar uchun noqulayliklar tug‘dirmoqda. Mazkur holat yuzasidan tegishli tashkilotlarga deputat so‘rovi yuborilib, muammoni bartaraf etish bo‘yicha amaliy choralar ko‘rish so‘raldi.  

Slide 1 of 3