Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Dolzarb vazifalar yuzasidan Kengash deputatlari uchun zoom orqali navbatdagi yig‘ilish o‘tkazildi
янв.21
Kengash raisi va tuman hokimi fuqarolar muammolarini birgalikda o‘rganmoqda
янв.21
Mahalladagi soliq ma’murchiligi holati deputat nazoratida
янв.21
Mahallaning ichki yo‘llari holati deputat nazoratida
янв.21
Uchtepa tumanida navbatdagi deputatlik so'rovi chiqarildi
янв.21
Uchtepa tumanida investitsiya loyihalarining amalga oshirilishi o‘rganilmoqda
янв.21
Mahalliy Kengash deputatlari va mahalla institutlari hamkorligi - tizimli yondashuv va istiqbolli rejalar
янв.21
“Biz yer himoyachilarimiz” ekologik tadbiri
янв.21
Uchtepa tumanida navbatdagi deputatlik so'rovi chiqarildi
янв.21
Uchtepa tumanida investitsiya loyihalari o‘rganilmoqda
#deputat_hududlarda

Aleli mahallasida saylovchilar bilan uchrashuv va jinoyatchilikka qarshi kurash masalalari muhokama qilindi.
Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashiga 2-Aleli saylov okrugidan saylangan deputat Z.Shomurodova, tuman Kengashi kotibiyati mudiri I.Xolov hamda kotibiyat bosh mutaxassisi R.Murodovlar hamkorligida “Aleli” mahalla fuqarolar yig‘inida saylovchilar bilan uchrashuv tashkil etildi. 

✔️Mazkur uchrashuv davomida hududda jinoyatchilikning oldini olish, fuqarolar xavfsizligini ta’minlash hamda huquqbuzarliklarni kamaytirish borasida olib borilayotgan ishlar atroflicha muhokama qilindi. Shuningdek, mahalla profilaktika inspektorining hisobotini tinglash orqali mavjud holat chuqur tahlil qilindi.

✔️Hisobotda hududda sodir etilgan jinoyatlar soni, ularning kelib chiqish sabablari, ayniqsa yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklarning oldini olish bo‘yicha amalga oshirilayotgan profilaktik chora-tadbirlar haqida batafsil ma’lumot berildi. Shu bilan birga, jinoyatchilikni bartaraf etish va fuqarolar osoyishtaligini ta’minlash maqsadida ichki ishlar organlari, mahalla faollari hamda keng jamoatchilik bilan hamkorlikda olib borilayotgan ishlar alohida ta’kidlandi.

✔️Uchrashuv davomida fuqarolar tomonidan bildirilgan taklif va murojaatlar ham e’tibordan chetda qolmadi. Aholi tomonidan ko‘tarilgan masalalar yuzasidan mutasaddi tashkilotlarga tegishli topshiriqlar berildi hamda ularning ijrosi deputatlik nazoratiga olinishi belgilandi.

✔️Tadbir yakunida deputatlar tomonidan jinoyatchilikka qarshi kurashishda har bir fuqaroning faolligi muhim ekanligi, qonun ustuvorligini ta’minlashda jamoatchilik nazoratini kuchaytirish zarurligi alohida qayd etildi.

✔️Mazkur uchrashuv hududda ijtimoiy barqarorlikni mustahkamlash, aholi bilan ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish hamda dolzarb muammolarni joyida hal etish borasida muhim qadam bo‘ldi.

Slide 1 of 8