Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Dolzarb vazifalar yuzasidan Kengash deputatlari uchun zoom orqali navbatdagi yig‘ilish o‘tkazildi
янв.21
Kengash raisi va tuman hokimi fuqarolar muammolarini birgalikda o‘rganmoqda
янв.21
Mahalladagi soliq ma’murchiligi holati deputat nazoratida
янв.21
Mahallaning ichki yo‘llari holati deputat nazoratida
янв.21
Uchtepa tumanida navbatdagi deputatlik so'rovi chiqarildi
янв.21
Uchtepa tumanida investitsiya loyihalarining amalga oshirilishi o‘rganilmoqda
янв.21
Mahalliy Kengash deputatlari va mahalla institutlari hamkorligi - tizimli yondashuv va istiqbolli rejalar
янв.21
“Biz yer himoyachilarimiz” ekologik tadbiri
янв.21
Uchtepa tumanida navbatdagi deputatlik so'rovi chiqarildi
янв.21
Uchtepa tumanida investitsiya loyihalari o‘rganilmoqda
#deputat_faoliyati

Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi deputati I.Xolov tomonidan Boliob MFY Oltinko‘za qishlog‘idagi aholini qiynab kelayotgan elektr ta’minoti muammosi o‘rganildi. Joylardagi uchrashuvlar va fuqarolar murojaatlari asosida mazkur hududdagi transformatorning eskirgani hamda quvvati talabga javob bermayotgani aniqlandi.

✔️Ushbu masala yuzasidan deputat tomonidan tuman elektr ta’minoti korxonasiga rasmiy deputat so‘rovi yuborildi. Murojaatni ko‘rib chiqqan mutasaddi tashkilot tomonidan bildirilishicha, mazkur transformatorni yangilash ishlari belgilangan tartibda 2026 yil dasturiga kiritilgan.

✔️Shunga ko‘ra, yaqin vaqtlarda eski transformator o‘rniga yangi, zamonaviy va yuqori quvvatli transformator o‘rnatilishi rejalashtirilgan. Bu esa aholini barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlash, mavjud uzilishlar va noqulayliklarni bartaraf etishga xizmat qiladi.

✔️Deputat tomonidan ushbu masalaning ijrosi nazoratga olingan bo‘lib, amalga oshirilayotgan ishlar izchil kuzatib boriladi.

Slide 1 of 4