Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Dolzarb vazifalar yuzasidan Kengash deputatlari uchun zoom orqali navbatdagi yig‘ilish o‘tkazildi
янв.21
Kengash raisi va tuman hokimi fuqarolar muammolarini birgalikda o‘rganmoqda
янв.21
Mahalladagi soliq ma’murchiligi holati deputat nazoratida
янв.21
Mahallaning ichki yo‘llari holati deputat nazoratida
янв.21
Uchtepa tumanida navbatdagi deputatlik so'rovi chiqarildi
янв.21
Uchtepa tumanida investitsiya loyihalarining amalga oshirilishi o‘rganilmoqda
янв.21
Mahalliy Kengash deputatlari va mahalla institutlari hamkorligi - tizimli yondashuv va istiqbolli rejalar
янв.21
“Biz yer himoyachilarimiz” ekologik tadbiri
янв.21
Uchtepa tumanida navbatdagi deputatlik so'rovi chiqarildi
янв.21
Uchtepa tumanida investitsiya loyihalari o‘rganilmoqda
Narx-navo masalasi deputat nazoratida.

Narx-navo masalasi deputat nazoratida bo’lib, bu yo’nalishda amaliy ishlar izchil tashkil etilmoqda. Xalq deputatlari mahalliy Kengashi deputati R.Atoyeva tomonidan Hazortut MFYdagi markaziy va kichik bozorlarga tashrif buyurilib, aholi kundalik iste’mol qiladigan oziq-ovqat mahsulotlari narx-navolari atroflicha o’rganildi.

O’rganish jarayonida go’sht va go’sht mahsulotlari, sut va sut mahsulotlari, tuxum, o’simlik yog’i, un va don mahsulotlari, shuningdek, sabzavot va mevalar narxi alohida tahlil qilindi. Mavsumiy mahsulotlar narxlarining shakllanishi, ularning bozorga kelib tushish hajmi, talab va taklif muvozanati ham o’rganilib, narx barqarorligiga ta’sir etuvchi omillar tahlil qilindi.

Shu bilan birga, mahsulotlar sifati, saqlash sharoitlari, sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilishi, savdo joylarining tartib-intizomi ham ko’zdan kechirildi. Bozordagi tarozilar holati, o’lchovda adolatlilikni ta’minlash masalalari ham deputat e’tibor markazida bo’ldi.

Deputat tomonidan bozor ma’muriyati, tadbirkorlar va sotuvchilar bilan ochiq muloqot tashkil etildi. Unda narxlarni sun’iy ravishda oshirmaslik, mahsulotlarni asossiz qimmatlashtirmaslik, aholiga sifatli va arzon mahsulotlarni yetkazib berish zarurligi alohida ta’kidlandi. Shuningdek, ichki bozorni barqaror ta’minlash, zaxiralarni ko’paytirish va logistika masalalarini yaxshilash bo’yicha tegishli tavsiyalar berildi.

Aholi bilan ham suhbatlar o’tkazilib, ularning narx-navo borasidagi fikr va takliflari o’rganildi. Fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaat va mulohazalar inobatga olinib, tegishli mutasaddi tashkilotlarga yetkazilishi ma’lum qilindi.

Narx-navo barqarorligini ta’minlash, aholi manfaatlarini himoya qilish va bozorlarda sog’lom raqobat muhitini shakllantirish masalalari doimiy deputat nazoratida bo’lib qoladi. Bu kabi o’rganishlar muntazam ravishda davom ettirilib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo’yicha chora-tadbirlar amalga oshiriladi. 

Slide 1 of 1