Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Dolzarb vazifalar yuzasidan Kengash deputatlari uchun zoom orqali navbatdagi yig‘ilish o‘tkazildi
янв.21
Kengash raisi va tuman hokimi fuqarolar muammolarini birgalikda o‘rganmoqda
янв.21
Mahalladagi soliq ma’murchiligi holati deputat nazoratida
янв.21
Mahallaning ichki yo‘llari holati deputat nazoratida
янв.21
Uchtepa tumanida navbatdagi deputatlik so'rovi chiqarildi
янв.21
Uchtepa tumanida investitsiya loyihalarining amalga oshirilishi o‘rganilmoqda
янв.21
Mahalliy Kengash deputatlari va mahalla institutlari hamkorligi - tizimli yondashuv va istiqbolli rejalar
янв.21
“Biz yer himoyachilarimiz” ekologik tadbiri
янв.21
Uchtepa tumanida navbatdagi deputatlik so'rovi chiqarildi
янв.21
Uchtepa tumanida investitsiya loyihalari o‘rganilmoqda
Deputat aholi murojaatlarini o‘rgandi

Deputat aholi murojaatlarini o‘rgandi

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025-yil 14-yanvardagi KQ-35-V-sonli “Hududlarni rivojlantirish hamda aholi muammolarini hal etishda mahalliy Kengashlar deputatlari va senatorlarning ‘mahalla yettiligi’ bilan o‘zaro hamkorligini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosi doirasida joylarda o‘rganish ishlari davom ettirilmoqda.

Mazkur jarayon doirasida Xalq deputatlari Yunusobod tuman Kengashi deputati Aleksandr Yem Yunusobod tumanidagi Uvaysiy mahallasida bo‘lib, fuqarolar murojaatlarini o‘rgandi.

Uchrashuv davomida aholining kundalik turmush tarzi, ijtimoiy-maishiy sharoitlari, mahalla hududidagi mavjud masalalar hamda ularni hal etish bo‘yicha takliflari tinglandi.

Bildirilgan murojaatlar tegishli tartibda o‘rganilib, mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy choralar ko‘rish belgilandi.

Bizni kuzatishda davom eting! 

Slide 1 of 1