Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Dolzarb vazifalar yuzasidan Kengash deputatlari uchun zoom orqali navbatdagi yig‘ilish o‘tkazildi
янв.21
Kengash raisi va tuman hokimi fuqarolar muammolarini birgalikda o‘rganmoqda
янв.21
Mahalladagi soliq ma’murchiligi holati deputat nazoratida
янв.21
Mahallaning ichki yo‘llari holati deputat nazoratida
янв.21
Uchtepa tumanida navbatdagi deputatlik so'rovi chiqarildi
янв.21
Uchtepa tumanida investitsiya loyihalarining amalga oshirilishi o‘rganilmoqda
янв.21
Mahalliy Kengash deputatlari va mahalla institutlari hamkorligi - tizimli yondashuv va istiqbolli rejalar
янв.21
“Biz yer himoyachilarimiz” ekologik tadbiri
янв.21
Uchtepa tumanida navbatdagi deputatlik so'rovi chiqarildi
янв.21
Uchtepa tumanida investitsiya loyihalari o‘rganilmoqda
Sport zallari va anjomlari o‘rganildi.

 Xalq deputatlari Bekobod shahar kengashining 1-“Yangihayot” saylov okrugining deputati U.Abdunazarov tomonidan ushbu mahalladagi 18-sonli umumta’lim maktabida sport zallari va ulardagi sport anjomlari mavjudligi holati o‘rganildi. O‘rganish
jarayonida maktab direktori N.Raxmonov va maktab mas’ullari ishtirok etdi. Ushbu maktab mahalla hududida 2018-yil qurilib foydalanishga topshirilgan bo‘lib, bugungi kunda 386 nafar o‘quvchilar ta’lim olib kelmoqda. Maktabda ichki sport zali 19 x 9
kv.m hamda tashqarida futbol maydoni va basketbol maydonchasi faoliyat olib bormoqda. Sport anjomlari bilan yetarli miqdorda ta’minlangan.
Biroq, yopiq sport zali maydoni bir necha yillar davomida foydalanish natijasida pol qismi talab darajasida emas
holatga kelib qolgan va kapital ta’mirlashga muhtoj. Shuningdek, sport zalini yorituvchi chiroqlar himoya vositalari bilan o‘ralmagan, sport zalida basketbol sport turi bilan shug‘ullanish uchun setkasi o‘rnatilmagan. Ushbu holat maktab o‘quvchilari va o‘qituvchilari bilan
bo‘lb o‘tgan suhbatda haqli etirozlarga sabab bo‘ldi. Ushbu muammolarni hal etish yuzasidan shahar Mktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga deputatlik so‘rovi bilan chiqish hamda ijrosini kengash qoshidagi doimiy komissiya
tomonidan olib borilishi belgilanib olindi.
  

Slide 1 of 4