Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Dolzarb vazifalar yuzasidan Kengash deputatlari uchun zoom orqali navbatdagi yig‘ilish o‘tkazildi
янв.21
Kengash raisi va tuman hokimi fuqarolar muammolarini birgalikda o‘rganmoqda
янв.21
Mahalladagi soliq ma’murchiligi holati deputat nazoratida
янв.21
Mahallaning ichki yo‘llari holati deputat nazoratida
янв.21
Uchtepa tumanida navbatdagi deputatlik so'rovi chiqarildi
янв.21
Uchtepa tumanida investitsiya loyihalarining amalga oshirilishi o‘rganilmoqda
янв.21
Mahalliy Kengash deputatlari va mahalla institutlari hamkorligi - tizimli yondashuv va istiqbolli rejalar
янв.21
“Biz yer himoyachilarimiz” ekologik tadbiri
янв.21
Uchtepa tumanida navbatdagi deputatlik so'rovi chiqarildi
янв.21
Uchtepa tumanida investitsiya loyihalari o‘rganilmoqda
HUDUDDA INFRATUZILMANI YAXSHILASH ISHLARI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati A.Toirov, kotibiyat bosh mutaxassisi M.Mahmudov hamda O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi tuman Kengashi apparat rahbari A.O‘rmonova tomonidan Guzarboshi mahalla fuqarolar yig‘inida infratuzilmani yaxshilash borasida amalga oshirilgan ishlar joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida mahalla hududida aholi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, yo‘l-transport infratuzilmasini yaxshilash hamda hududni obodonlashtirishga qaratilgan ishlar atroflicha ko‘zdan kechirildi.

Jumladan, Murabbiy ko‘chasiga tungi yoritish chiroqlari o‘rnatilib, aholining xavfsiz harakatlanishi uchun zarur sharoitlar yaratigan. Shuningdek, ichki yo‘llar asfaltlanib, fuqarolarning kunlik qatnovi uchun qulayliklar ta’minlangan.

Slide 1 of 5