Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Dolzarb vazifalar yuzasidan Kengash deputatlari uchun zoom orqali navbatdagi yig‘ilish o‘tkazildi
янв.21
Kengash raisi va tuman hokimi fuqarolar muammolarini birgalikda o‘rganmoqda
янв.21
Mahalladagi soliq ma’murchiligi holati deputat nazoratida
янв.21
Mahallaning ichki yo‘llari holati deputat nazoratida
янв.21
Uchtepa tumanida navbatdagi deputatlik so'rovi chiqarildi
янв.21
Uchtepa tumanida investitsiya loyihalarining amalga oshirilishi o‘rganilmoqda
янв.21
Mahalliy Kengash deputatlari va mahalla institutlari hamkorligi - tizimli yondashuv va istiqbolli rejalar
янв.21
“Biz yer himoyachilarimiz” ekologik tadbiri
янв.21
Uchtepa tumanida navbatdagi deputatlik so'rovi chiqarildi
янв.21
Uchtepa tumanida investitsiya loyihalari o‘rganilmoqda
#Kengash_faoliyati #deputat_faoliyati #jamoatchilik_nazorati #Andijon #24_tavsiya #96_qonun Andijon shahar ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasida o‘rganish ishlari olib borildi

#Kengash_faoliyati #deputat_faoliyati #jamoatchilik_nazorati #Andijon #24_tavsiya #96_qonun 

Andijon shahar ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasida o‘rganish ishlari olib borildi

Andijon shahrida Xalq deputatlari viloyat Kengashi kotibiyati mudirasi N. Toychiyeva hamda Xalq deputatlari shahar Kengashi raisi R. Ziyayev tomonidan Andijon shahar ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasiga tashrif amalga oshirildi.

Tashrifdan ko‘zlangan asosiy maqsad muassasada bemorlarga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifati, yaratilgan shart-sharoitlar, dori-darmonlar ta’minoti hamda ularning saqlanishi va tarqatilish tartibini o‘rganishdan iborat bo‘ldi.

O‘rganish jarayonida poliklinikada bemorlar uchun yaratilgan qulay sharoitlar, tibbiy jihozlarning holati, shuningdek bepul beriladigan dori-darmonlar zaxirasi, ularning yaroqlilik muddati va bemorlarga yetkazib berish tizimi atroflicha ko‘zdan kechirildi. Mas’ullar tomonidan hozirgi kunda muassasada yetarli miqdorda dori-darmonlar mavjudligi, ular har bir bemorga alohida retsept asosida hamda mas’ul xodimlar nazorati ostida berilayotgani ta’kidlandi.

Shuningdek, yaqinda foydalanishga topshirilgan fitiziatriya xonasi ham ko‘zdan kechirildi. Unda yaratilgan zamonaviy sharoitlar ijobiy baholanib, mazkur xonani ta’mirlash va jihozlashda faol ishtirok etgan tibbiyot xodimlariga minnatdorchilik bildirildi.

Tashrif davomida bemorlar holidan xabar olinib, ularning fikr-mulohazalari tinglandi. Yakunda amalga oshirilayotgan ishlar ijobiy baholanib, tibbiy xizmatlar sifatini yanada oshirish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi

Slide 1 of 8