Chilonzor tumanida tuman hokimi o‘rinbosarlari tomonidan tasdiqlangan jadval asosida fuqarolar qabullari muntazam ravishda o‘tkazib kelinmoqda.
Xususan, bugun tuman hokimi o‘rinbosari K.Hamrayev hamda Xalq deputatlari tuman kengashi kotibiyati mudiri L.Murotova ishtirokida navbatdagi fuqarolar qabuli bo‘lib o‘tdi.
Qabul davomida tumandoshlarimiz tomonidan asosan kommunal soha va uy-joy masalalariga oid qator murojaatlar kelib tushdi. Har bir murojaat mas’ullar tomonidan atroflicha o‘rganilib, muammolarni bartaraf etish bo‘yicha aniq choralar belgilandi.
Aholi muammolari bilan ishlash va ularni hal etish jarayoni tuman hokimligining shuningdek xalq deputatlari tuman Kengashi doimiy nazoratida bo‘lib qoladi