Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

A. Temur MFY “Obod ko‘cha” hududida suv ta’minotini yaxshilash ishlari nazoratga olindi:

A. Temur MFY “Obod ko‘cha” hududida suv ta’minotini yaxshilash ishlari nazoratga olindi:

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi deputati T. Berdiyarova A. Temur MFY “Obod ko‘cha” hududida suv ta’minotini yaxshilash maqsadida suv minorasini o‘rnatish ishlari bilan tanishdi. Mazkur masala deputatga fuqarolardan kelib tushgan murojaat asosida yetkazilgan bo‘lib, uni joyiga chiqib o‘rganish va amaliy holatini nazoratga olish maqsad qilingan.

Tashrif davomida amalga oshirilayotgan qurilish-montaj ishlari holati ko‘zdan kechirildi, mutasaddi tashkilotlar vakillari bilan suhbat o‘tkazilib, ishlarni sifatli va belgilangan muddatlarda yakunlash bo‘yicha tegishli topshiriqlar berildi.

Mazkur loyiha hudud aholisi uchun ichimlik suvi ta’minotini yaxshilashga xizmat qilishi ta’kidlandi. Jarayon doimiy nazoratga olinishi qayd etildi.

Slide 1 of 7