Yangiliklar

Mahalla idorasida aholi bilan uchrashuv jarayoni

📌18-Olmos saylov okrugi deputati A. Sharipov tomonidan Yashnobod tumanidagi “Qalqon” mahallasida fuqarolardan kelib tushgan murojaat yuzasidan mahalla idorasida uchrashuv tashkil etildi

❗️ Uchrashuv davomida fuqarolar bilan yuzma-yuz muloqot olib borilib ularning murojaatlari tinglandi hamda ko‘tarilgan masalalar atroflicha muhokama qilindi

 Suhbat jarayonida kommunal xizmatlar sifati ichki yo‘llar holati obodonlashtirish ishlari va ijtimoiy masalalar yuzasidan fikr almashildi

🛠 Mavjud muammolarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy chora-tadbirlar belgilab olindi .

🤝 Uchrashuv yakunida aholi murojaatlariga tezkor va samarali yechim topish hamda bunday muloqotlarni muntazam davom ettirish muhimligi ta’kidlandi

Slide 1 of 1