Yangiliklar

Deputat saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazdi

Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi deputati N.Nuradova tomonidan tumandagi Qo‘rg‘oncha mahallasida saylovchilar bilan navbatdagi uchrashuv tashkil etildi.

Mazkur uchrashuv davomida fuqarolar tomonidan bildirilgan muammolar va murojaatlar atroflicha o‘rganilib, ularni hal etish yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilab olindi.

Shuningdek, deputat tomonidan saylovchilarga O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 28-noyabrda qabul qilingan “Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risida”gi O‘RQ-803-sonli Qonuni mazmun-mohiyati yuzasidan tushuntirishlar berildi. 

Qonunning ahamiyati, fuqarolar uchun yaratilayotgan qulayliklar hamda huquqlarni rasmiylashtirish tartibi haqida batafsil ma’lumotlar taqdim etildi.

🤝 Uchrashuv ochiq muloqot tarzida o‘tib, fuqarolar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.

Slide 1 of 2