Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Navbatdagi qabul “Shaftolizor” mahallasi fuqarolari uchun tashkil etildi
янв.21
Deputat — fuqarolar manfaatlari yo‘lida
янв.21
Uchtepa tumanida navbatdagi deputatlik so'rovi chiqarildi
янв.21
Fuqarolar murojaatlari yuzasidan ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
Fuqarolar murojaatlari e’tiborda - amaliy yordam va ochiq muloqot
янв.21
Bo‘zsuv aeratsiya stansiyasi faoliyati va ekologik nazorat bo‘yicha o‘rganishlar
янв.21
Kommunal infratuzilmani yaxshilash yo‘lidagi ishlar davom etmoqda
янв.21
Uch avlod uchrashuvi — tajriba, e’tibor va ma’naviy muloqot maydoni
янв.21
Aholi salomatligi va sifatli tibbiy xizmat — deputatlik nazoratida
янв.21
“Katta qani” MFYda navbatdagi fuqarolar qabuli o‘tkazildi
#Сессия

2026 yil 24 yanvar kuni Xo‘jayli tumani hokimligining majlislar zalida Xalq deputatlari tuman Kengashining o‘n sakkizinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiyani Xalq deputatlari Xo‘jayli tumani Kengashi raisi I.Qo‘chqorov olib bordi. Dastlab sessiyada O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston Respublikalarining Davlat madhiyalari yangradi. Shundan so‘ng, kun tartibiga qo‘yilgan 11 ta masala ko‘rib chiqilib, ma’ruzachilarning hisobotlari tinglandi. Xususan, tuman hududini yanada rivojlantirish va aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha ishlab chiqilgan "drayver" loyihalardan samarali foydalanish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi, shuningdek, nogironligi bo‘lgan shaxslarga qulayliklar yaratish maqsadida "Ijtimoiy ko‘cha" tashkil etish to‘g‘risida aytib o‘tildi. Kun tartibidagi masalalar yuzasidan deputatlar o‘z fikr va takliflarini bildirdi. Sessiya yakuni bo‘yicha deputatlarimiz ma’qullashi bilan tegishli qarorlar qabul qilindi.

Slide 1 of 1