Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Sessiya
янв.21
QUSHLAR VA GULLAR BAYRAMI
янв.21
Кекса авлод – ҳаётимиз таянчи ва илҳом манбаи!
янв.21
Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлиси Қонунчилик палатаси депутати Улуғбек Шерматов Халқ депутатлари Учқудуқ туман Кенгаши депутатлари билан очиқ мулоқот ўтказди.
янв.21
Миллийлик урфда!
янв.21
"Ёшларни оилавий хаётга тайёрлаш" мактабида ёш никохланувчиларга оилавий хаёт сабоклари берилди.
янв.21
Deputatlar xalq orasida!
янв.21
OVULGA TASHRIF XALQ BILAN MULOQOT — ASOSIY MAQSAD
янв.21
DEPUTAT TASHRIFI
янв.21
Yangi tashkil etilgan ekobog‘larda deputatlik nazorati o‘rnatildi.
Deputatlar va mahalladagi “Mahalla yettiligi” o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik

Ishtixon tumani deputatlari va Ishtixon tumani mahallalaridagi “mahalla yettiligi” o‘rtasida samarali hamkorlik tizimi yo‘lga qo‘yilgan. Ushbu tizim orqali fuqarolarning turmush sharoitlarini yaxshilash, ijtimoiy himoyani kuchaytirish, infratuzilmani rivojlantirish hamda mahalliy muammolarga tezkor yechim topishga katta hissa qo‘shilmoqda.

Bunday hamkorlik nafaqat mavjud muammolarni aniqlash va hal qilishda, balki butun tuman miqyosida aholining hayot sifati va farovonligini oshirishda muhim rol o‘ynaydi.

Ta’kidlash joizki, mahalla jamiyatning asosiy tayanchi hisoblanadi. Mahalla yetakchilari — mahalladagi ijtimoiy-iqtisodiy holat, aholining ehtiyojlari va muammolarini eng yaqin biladigan shaxslardir. Ular deputatlar bilan yaqindan hamkorlik qilgan holda muhim tashabbuslarni ilgari surmoqda, aholining murojaatlari asosida amaliy choralar ko‘rilmoqda.

Xususan, Ishtixon tumanidagi “O‘zbekiston” MFYda “mahalla yettiligi” va Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashi deputati O. Sadullayev o‘rtasida kuchli hamkorlik tizimi shakllantirilgan. Ushbu hamkorlik orqali nafaqat nazariy yondashuvlar, balki amaliy ishlar va ularning real natijalari ham ko‘zga tashlanmoqda. Jumladan, mahalla hududida ijtimoiy himoya, bandlik, infratuzilma va boshqa yo‘nalishlarda aniq ishlanmalar amalga oshirilmoqda.

Bunday hamkorlik tajribasi boshqa mahallalar uchun ham namunali bo‘lishi mumkin. Zero, deputatlar va “mahalla yettiligi”ning o‘zaro hamkorligi fuqarolarning davlat organlariga bo‘lgan ishonchini mustahkamlashga xizmat qiladi. 

Slide 1 of 1