DEPUTAT TASHRIFI
🟢Uchquduq tumani “Koʻkpatas” MFYda Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati Sh.Narbadalov mahalla fuqarolari bilan uchrashdi.
♦️Uchrashuvda deputat tumanda olib borilayotgan ishlar, rivojlanish istiqbollari to'g'risida fuqarolarga atroflicha ma'lumot berdi. Shuningdek, mahalla fuqarolarining qiziqishlariga javob berib, ularning savollariga yechim topish bo'yicha tegishli choralar ko'rilishiga alohida e'tibor qaratildi.
🟢Fuqarolar o'z taklif va mulohazalari bilan qatnashib, muhim masalalarda fikr almashdilar. Uchrashuv natijalari asosida kelgusida amalga oshiriladigan ishlar belgilab olindi. Deputat tomonidan olingan fikrlar va takliflar kelajakda tumanning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi uchun muhim ahamiyatga ega bo'ladi.