Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Sessiya
янв.21
QUSHLAR VA GULLAR BAYRAMI
янв.21
Кекса авлод – ҳаётимиз таянчи ва илҳом манбаи!
янв.21
Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлиси Қонунчилик палатаси депутати Улуғбек Шерматов Халқ депутатлари Учқудуқ туман Кенгаши депутатлари билан очиқ мулоқот ўтказди.
янв.21
Миллийлик урфда!
янв.21
"Ёшларни оилавий хаётга тайёрлаш" мактабида ёш никохланувчиларга оилавий хаёт сабоклари берилди.
янв.21
Deputatlar xalq orasida!
янв.21
OVULGA TASHRIF XALQ BILAN MULOQOT — ASOSIY MAQSAD
янв.21
DEPUTAT TASHRIFI
янв.21
Yangi tashkil etilgan ekobog‘larda deputatlik nazorati o‘rnatildi.
CHINOZ TUMANI. DEPUTAT SAYLOVCHILARGA AXBOROT BERDI

🔰Bugun, Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashi deputati Mirsoat Mirsodiqov tomonidan “Alisher Navoiy” va “Tinchlik” mahallalarida istiqomat qiluvchi saylovchilar bilan uchrashuv tashkil etildi. Tadbir mahalliy aholi bilan ochiq va samimiy muloqot tarzida o‘tdi.

🔰Mazkur uchrashuvda tumandagi mutasaddi tashkilotlar rahbarlari, mahalla raisi boshchiligidagi “mahalla yettiligi” a’zolari, faollar va mahalla aholisi ishtirok etdi. Uchrashuvning asosiy maqsadi deputatning joriy yilning birinchi choragida amalga oshirgan ishlari va faoliyati haqida saylovchilarga batafsil ma’lumot berishdan iborat bo‘ldi.

🔰Deputat Mirsoat Mirsodiqov o‘z nutqida 2025-yilning 1-choragi davomida hududlarda amalga oshirilgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, infratuzilmani yaxshilash bo‘yicha ko‘rilgan chora-tadbirlar, aholi murojaatlari asosida hal etilgan muammolar va kelgusidagi rejalar haqida atroflicha axborot berdi.

🔰Shuningdek, uchrashuv davomida fuqarolar o‘zlarini qiziqtirgan masalalar yuzasidan deputatga murojaat qilishdi, taklif va mulohazalarini bildirishdi. Har bir fikr diqqat bilan tinglanib, tegishli tashkilot rahbarlariga muammolarni hal etish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

🔰Bu kabi uchrashuvlar deputatlik faoliyatining ochiqligini ta’minlash, saylovchilar bilan doimiy aloqani yo‘lga qo‘yish va joylarda mavjud muammolarga tezkor yechim topishda muhim o‘rin tutadi.

Slide 1 of 3