Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📌 FUQARO MUROJAATI JOYIDA O‘RGANILDI
янв.21
🏫 MAKTABNING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
QIZILQUM MADANIYAT UYI TOMOSHALAR ZALINING HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
🏗 “Tashabbusli budjet” loyihasi doirasida qurilish ishlari o‘rganildi
янв.21
📌 AYTИM MAHALLASIDA XOTIN-QIZLAR FAOLI TOMONIDAN AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISHLAR O‘RGANILDI
янв.21
📌 FUQOROLAR QABULI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
🏛 FUQORO MUROJAATI JOYIGA CHIQIB O‘RGANILDI
янв.21
YO‘LCHILAR OFYDA BOLALAR VA SPORT MAYDONCHALARI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
📌 DEPUTATLIK NAZORATI: MEHNATNI MUHOFAZA QILISH TO‘G‘RISIDAGI QONUN IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
♿️ INKLYUZIV TA’LIM SHAROITLARI O‘RGANILDI
89-SONLI MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTIDAGI MUAMMOLAR YUZASIDAN DEPUTATLIK SO‘ROVI YUBORILDI

Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashi deputati, 5-Charx Kamolon saylov okrugi deputati Mahmudova Donoxon Artikovna tomonidan saylov okrugi hududida joylashgan 89-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotining mavjud holati o‘rganilgan va ushbu o‘rganish davomida maktabgacha ta’lim tashkiloti hududidagi bolalar maydonchasi hamda tarbiyalanuvchilar dam olishi uchun mo‘ljallangan hududning holati ko‘zdan kechirildi.
O‘rganish natijasida mazkur hududlarda ta’mirlash va obodonlashtirish ishlarini amalga oshirish zarurligi aniqlandi.

➡️❗️https://t.me/chilonzor_tuman_deputatlari/3358?single

Xususan, bolalar maydonchasining mavjud holati, undan foydalanish uchun yaratilgan sharoitlar hamda dam olish hududining obodonlashtirilishi masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Ushbu hududlarni talab darajasiga keltirish tarbiyalanuvchilarning xavfsizligini ta’minlash, ularning ochiq havoda mazmunli vaqt o‘tkazishi va jismoniy faolligini oshirish uchun muhim ahamiyatga ega !❗️

Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarning salomatligi, xavfsizligi va har tomonlama rivojlanishi uchun munosib sharoitlar yaratish muhim vazifalardan biridir. Shu bois aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, bolalar maydonchasini ta’mirlash hamda dam olish hududini obodonlashtirish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rilishi lozimligi qayd etildi.

Aniqlangan muammolarni bartaraf etish, zarur ta’mirlash va obodonlashtirish ishlarini tashkil etish hamda mazkur masalaning amaliy yechimini ta’minlash maqsadida deputat Mahmudova Donoxon Artikovna tomonidan tegishli mas’ul tashkilotlarga deputatlik so‘rovi yuborildi✍️🛫

Slide 1 of 4