Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📌 FUQARO MUROJAATI JOYIDA O‘RGANILDI
янв.21
🏫 MAKTABNING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
QIZILQUM MADANIYAT UYI TOMOSHALAR ZALINING HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
🏗 “Tashabbusli budjet” loyihasi doirasida qurilish ishlari o‘rganildi
янв.21
📌 AYTИM MAHALLASIDA XOTIN-QIZLAR FAOLI TOMONIDAN AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISHLAR O‘RGANILDI
янв.21
📌 FUQOROLAR QABULI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
🏛 FUQORO MUROJAATI JOYIGA CHIQIB O‘RGANILDI
янв.21
YO‘LCHILAR OFYDA BOLALAR VA SPORT MAYDONCHALARI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
📌 DEPUTATLIK NAZORATI: MEHNATNI MUHOFAZA QILISH TO‘G‘RISIDAGI QONUN IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
♿️ INKLYUZIV TA’LIM SHAROITLARI O‘RGANILDI
#_Haftalik_ish_reja #_deputat_faoliyati #_kotibiyat_xodimi_faoliyati #_24_talik_masala Aholi murojaatlari xonadonbay o‘rganilmoqda

#_Haftalik_ish_reja
#_deputat_faoliyati
#_kotibiyat_xodimi_faoliyati
#_24_talik_masala
Aholi murojaatlari xonadonbay o‘rganilmoqda


Xalq deputatlari tuman Kengashining 1-Sangardak saylov okrugidan saylangan deputati S.Kasimov hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi N.Xamdamova tomonidan aholi murojaatlarini joyiga chiqqan holda xonadonbay o‘rganish ishlari amalga oshirildi.

O‘rganish jarayonida mas’ullar fuqarolar xonadonlarida bo‘lib, ular bilan yuzma-yuz muloqot qildilar hamda aholini qiynayotgan muammo va tashvishlar, mavjud kamchiliklar hamda takliflarni tingladilar.

Muloqot davomida fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaatlarni atroflicha o‘rganish, muammolarning kelib chiqish sabablarini aniqlash va ularni bartaraf etish yuzasidan tegishli choralarni belgilashga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, murojaatlarni vakolatli tashkilotlar bilan hamkorlikda ko‘rib chiqish hamda ularning ijrosini nazoratga olish masalalari muhimligi ta’kidlandi.

Xonadonbay o‘rganishlardan asosiy maqsad — aholi bilan bevosita muloqot qilish, fuqarolar murojaatlariga o‘z vaqtida munosabat bildirish, mavjud muammolarga amaliy yechim topish va aholi manfaatlarini ta’minlashdan iborat.

Bunday manzilli o‘rganishlar deputatlik nazoratini kuchaytirish, aholi muammolarini tizimli ravishda o‘rganish hamda fuqarolar murojaatlari bilan ishlash samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.

Aholi murojaatlari — doimiy e’tiborda!

Slide 1 of 3