Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📌 FUQARO MUROJAATI JOYIDA O‘RGANILDI
янв.21
🏫 MAKTABNING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
QIZILQUM MADANIYAT UYI TOMOSHALAR ZALINING HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
🏗 “Tashabbusli budjet” loyihasi doirasida qurilish ishlari o‘rganildi
янв.21
📌 AYTИM MAHALLASIDA XOTIN-QIZLAR FAOLI TOMONIDAN AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISHLAR O‘RGANILDI
янв.21
📌 FUQOROLAR QABULI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
🏛 FUQORO MUROJAATI JOYIGA CHIQIB O‘RGANILDI
янв.21
YO‘LCHILAR OFYDA BOLALAR VA SPORT MAYDONCHALARI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
📌 DEPUTATLIK NAZORATI: MEHNATNI MUHOFAZA QILISH TO‘G‘RISIDAGI QONUN IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
♿️ INKLYUZIV TA’LIM SHAROITLARI O‘RGANILDI
Aholini qiynayotgan muammolar joyida o‘rganilmoqda

Aholini qiynayotgan muammolar joyida o‘rganilmoqda

Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi deputati Farruh Sarmanov, O'rta Chirchiq tuman Kengashi deputatlari N.Dushayeva va B.Baxovadinovlar tomonidan tuman Obod mahalla fuqarolar yig‘inida aholini qiynab kelayotgan kommunal sohadagi muammolarni o‘rganish maqsadida joyiga chiqqan holda uchrashuv va o‘rganish ishlari olib borildi.

Jarayon davomida xonadonlarning issiq va sovuq suv bilan ta’minlanish holati, elektr energiyasi hamda tabiiy gaz ta’minotidagi mavjud masalalar atroflicha ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, fuqarolar bilan muloqot davomida ularning murojaatlari, kundalik turmushida duch kelayotgan muammolari va takliflari tinglandi.

Deputat tomonidan aniqlangan muammolarni bartaraf etish, kommunal xizmatlar sifatini yaxshilash hamda aholini uzluksiz va barqaror energiya resurslari bilan ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaatlarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda ko‘rib chiqish, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan mas’ullarga tegishli taklif va tavsiyalar berish zarurligi ta’kidlandi.

Bunday joylardagi o‘rganishlar deputatlik faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biri bo‘lib, aholining turmush sharoitini yaxshilash, fuqarolar murojaatlariga o‘z vaqtida munosabat bildirish va mavjud muammolarga amaliy yechim topishga xizmat qiladi. Xalq vakili sifatida deputat Farruh Sarmanov hududdagi dolzarb masalalarni doimiy nazoratga olish hamda aholi manfaatlarini ta’minlashga qaratilgan ishlarni izchil davom ettiradi.

✅Xalq deputatlari O'rta Chirchiq tuman Kengashi kotibiyati axborot xizmati!

Slide 1 of 2