Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📌 FUQARO MUROJAATI JOYIDA O‘RGANILDI
янв.21
🏫 MAKTABNING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
QIZILQUM MADANIYAT UYI TOMOSHALAR ZALINING HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
🏗 “Tashabbusli budjet” loyihasi doirasida qurilish ishlari o‘rganildi
янв.21
📌 AYTИM MAHALLASIDA XOTIN-QIZLAR FAOLI TOMONIDAN AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISHLAR O‘RGANILDI
янв.21
📌 FUQOROLAR QABULI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
🏛 FUQORO MUROJAATI JOYIGA CHIQIB O‘RGANILDI
янв.21
YO‘LCHILAR OFYDA BOLALAR VA SPORT MAYDONCHALARI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
📌 DEPUTATLIK NAZORATI: MEHNATNI MUHOFAZA QILISH TO‘G‘RISIDAGI QONUN IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
♿️ INKLYUZIV TA’LIM SHAROITLARI O‘RGANILDI
Kengash_faoliyati

Qaldirg‘och mahallasi yangi qiyofada: Tumanda obod va zamonaviy mahalla markazi foydalanishga topshirildi

🫥Mamlakatimizda mahallalarni har tomonlama rivojlantirish, infratuzilmani tubdan yaxshilash va aholi uchun munosib turmush sharoitlarini yaratish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar o‘zining yorqin amaliy samarasini bermoqda.

🫥🫥Bandixon tumanidagi “Qaldirg‘och” mahallasi ham bugun butunlay o‘zgarib, zamonaviy qiyofa kasb etdi. Hududda amalga oshirilgan keng ko‘lamli bunyodkorlik ishlari, yangi infratuzilma obyektlarining ishga tushirilishi munosabati bilan bayram tadbiri tashkil etildi. Unda Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashi deputati, tuman hokimi A.Allamuradov ishtirok etib, yig‘ilganlarni va mahalla ahlining quvonchini bo‘lishdi.

🫥Tadbir doirasida mahalliy aholi va nuroniylar ishtirokida zamonaviy talablarga to‘liq javob beradigan “Qaldirg‘och” mahalla markazi binosining ochilish marosimi o‘tkazildi. Yangi binoda mahalla "yettiligi" va fuqarolar uchun barcha qulayliklar yaratilib, davlat xizmatlarini mahallaning o‘zida ko‘rsatish imkoniyati yaratildi.

🫥O‘tgan davr mobaynida Qaldirg‘och mahallasida ulkan bunyodkorlik ishlari bajarildi:

✅Elektr ta’minotini yaxshilash maqsadida 266 dona beton tayanch ustuni o‘rnatilib, 8,9 km tarmoq tortildi hamda 2 ta yangi transformator ishga tushirildi;

✅Aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash uchun 950 metr yangi tarmoq tortildi;

✅Ichki yo‘llarning 1,8 kilometr qismiga asfalt yotqizilib, ravon yo‘llar barpo etildi.

🫥Bu o‘zgarishlar mahalliy aholining uzoq yillik muammolariga yechim bo‘lib, ularning turmush darajasini yanada yuksaltirishga xizmat qiladi. Qaldirg‘och mahallasida obodonlashtirish ishlari izchil davom ettirilmoqda.

Slide 1 of 10