Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📌 FUQARO MUROJAATI JOYIDA O‘RGANILDI
янв.21
🏫 MAKTABNING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
QIZILQUM MADANIYAT UYI TOMOSHALAR ZALINING HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
🏗 “Tashabbusli budjet” loyihasi doirasida qurilish ishlari o‘rganildi
янв.21
📌 AYTИM MAHALLASIDA XOTIN-QIZLAR FAOLI TOMONIDAN AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISHLAR O‘RGANILDI
янв.21
📌 FUQOROLAR QABULI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
🏛 FUQORO MUROJAATI JOYIGA CHIQIB O‘RGANILDI
янв.21
YO‘LCHILAR OFYDA BOLALAR VA SPORT MAYDONCHALARI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
📌 DEPUTATLIK NAZORATI: MEHNATNI MUHOFAZA QILISH TO‘G‘RISIDAGI QONUN IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
♿️ INKLYUZIV TA’LIM SHAROITLARI O‘RGANILDI
#19¹-modda #Ekspert_guruhi #Kengash_Qarori_ijrosi #Deputat_nazorati


Xalq deputatlari Oltinsoy tumani Kengashining 5-“Mirshodi” saylov okrugidan saylangan deputat Isroil Ochildiyevich Bozorovning saylov okrugi hududidagi “Shoxcha” mahallasida Xalq deputatlari tuman Kengashining 2026-yil 5-martdagi VII-16-13-8-108-K/26-sonli qarori ijrosi yuzasidan deputatlik nazorati tadbiri o‘tkazildi.

Mazkur qaror ijrosini ta’minlash hamda hududda amalga oshirilgan obodonlashtirish va infratuzilmani rivojlantirish ishlari holatini o‘rganish jarayonida Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashi deputati A.Oripov hamda Kengash Kotibiyati bosh mutaxassisi I.Roziqov qatnashdilar.

O‘rganish jarayonida deputatlar va ekspert guruhi mas’ullar yangi qurilgan mahalla binolari hamda ma’muriy xonalardagi shart-sharoitlar, mebel va xizmat vositalari bilan ta’minlanganlik holatini ko‘zdan kechirdilar.

Shuningdek, hududda obodonlashtirish va infratuzilmani yaxshilash qarori doirasida mahalla ichki yo‘llariga asfalt qoplamasi yotqizilishi, yo‘l bo‘ylarida tungi yoritish chiroqlari o‘rnatilishi hamda  o‘rindiqlar joylashtirilib, obodonlashtirish ishlari olib borilgani bevosita joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati

📱Telegram|📱Facebook|📱Instagram 🌐E-kengash|📱YouTube🌎oltinsoy.uz

Slide 1 of 5